Yangiliklar
Finlar Rossiya nefti tufayli «neft vabosi» xavfidan xavotirda.
Finlandiya chegara xizmati Boltiq dengizi bo‘ylab Rossiya neftini olib yurgan eskirgan tankerlar tufayli ekologik falokatdan xavotirda.
Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlardan keyin neft eksportini oshirdi.
Rossiya neft eksporti neftni qayta ishlash zavodlariga dronlar hujumidan so‘ng keskin oshdi, deb yozadi «Kommersant». Shu bilan birga, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, G7 tomonidan belgilangan narx chegarasiga rioya etilmayapti.
O‘zbekiston va Qatar milliy kutubxonalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatiladi.
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar milliy kutubxonasi direktori, doktor Hamad Al-Kuvariy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Navalniyning o‘limi holatini tekshirish muddati 10 kunga uzaytirildi.
«Aleksey Navalniyning o‘limi bo‘yicha dastlabki tekshiruv muddati 20 aprelga qadar uzaytirildi», dedi Ivan Jdanov. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchining o‘limi sabablari haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Yevroparlament boshpana to‘g‘risidagi qonunchilik isloh etilishini ma’qulladi.
Yevropa parlamenti a’zolari 2015 yildan beri tayyorlanayotgan va nisbatan xavfsiz mamlakatlardan boshpana izlovchilarga nisbatan siyosatni kuchaytiruvchi qonunchilik tashabbuslari paketini ma’qulladi.
17 ta turdagi xulosalar DXM va YaIDXP orqali beriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
670 ming rublni bojxonadan noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol to‘xtatib qolindi.
Toshkent viloyatida naqd xorijiy valutalarni olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi.
Shryoder Navalniyning intervyusi tufayli Bild’ga qarshi sudda yutqazdi.
2020 yilda Aleksey Navalniy Bild gazetasiga bergan intervyusida Germaniya sobiq kanslerini «yashirin to‘lovlar» oladigan «Putinning aytganini qiluvchi shaxs» deb atagan. Endi sud bu bayonotlarni tarqatishga ruxsat berdi.
Italiyada Toshkentdan Rimga yo‘lga qo‘yilgan parvozlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rim shahridagi Leonardo Da Vinchi xalqaro aeroportida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Toshkent-Rim-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchadigan havo qatnovlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya yana Ukrainaga raketa va uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi.
Tu-95MS strategik bombardimonchi samolyotlari Murmansk viloyatidan havoga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari. UUA guruhlari - Qora dengizdan. Raketalar Odessa tumaniga kelib tushdi.
YeChL. «Barsa» Parijdagi «otishma»da kambekka kambek bilan javob berdi, «Atletiko» «Borussiya D»ni mag‘lub etdi.
Chempionlar Ligasida 1/4 finalning dastlabki o‘yinlari yakunlandi.
HAMAS siyosiy byurosi yetakchisining uch o‘g‘li G‘azoda halok bo‘ldi.
Falastinning HAMAS harakati siyosiy qanoti yetakchisi Ismoil Xoniyaning uch o‘g‘li Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
“Valuta chiqib ketadi” degan gap nega mif?.
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki avtobloger mahalliy avtosanoatni himoya qilish kerakligini aytib chiqishi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Kun.uz bu boradagi savollarga asosli va ilmiy javoblar olish uchun AQShda faoliyat yuritayotgan iqtisodchilar Botir Qobilov va...
Rossiyaning Mi-24 vertolyoti Qora dengiz uzra halokatga uchradi.
Mudofaa vazirligi buni nosozlik bilan izohladi, mahalliy blogerlar «do‘stona zarba» deb tushuntirdi.
Shveytsariya yozda Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi.
Sammit Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy taklif qilgan «tinchlik formulasi» asosida o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda BYD avtomobil zavodi iyun oyida ishga tushirilishi mumkin.
Birinchi bosqichda kichik qismli yig‘ish usulida Chazor va Song Plus Dm-1 modellari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.