Yangiliklar
Tramp Putinga nima dedi?.
Bir yarim soat davom etgan suhbatda Tramp va Putin uchrashishga kelishib oldi. Lekin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqida hozircha mujdalar yo‘q.
Toshkentda 2024 yilda YTH oqibatida 91 kishi halok bo‘ldi.
Deputatlar shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) oldiga harakat xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator vazifalarni qo‘ydi.
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi belgilandi.
Lisenziyalash Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatuvchi «Lisenziya» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston turnirni Yaman ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba bilan boshladi.
Xitoyda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida amaldagi chempion O‘zbekiston ham o‘z yurishini boshladi.
«U Kreml foydasiga bitim tuzishga usta». Yevropa siyosatchilari Trampning Putin bilan muzokaralariga javoban nimalar dedi?.
Yevropadagi ko‘plab siyosatchilar chorshanba oqshomidayoq AQSh prezidenti Donald Trampning Putin bilan bo‘lajak uchrashuvi haqidagi so‘zlariga hamda Tramp va uning mudofaa vaziri Pit Hegsetning Ukraina boy bergan yerlarni qaytarish norealligi haqidagi fik...
Zo‘ravonlikka uchragan ayol yarashish muddatisiz ajrashishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilanishi kutilmoqda.
Hududlardagi 39 ta sport maktabi parasport turlariga ixtisoslashadi.
Har yili kamida 100 nafar nogironligi bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi.
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ka’ba atrofida suratga olish taqiqlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Prezident olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezident Olimpiya qo‘mitasining hududiy bo‘limlarini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu bo‘limlarga viloyat hokimlari rahbarlik qilishi belgilandi. Shuningdek, sportchilarni kelgusi Olimpiadaga tayyorlash uchun zarur sharoit va infratuz...
WP: Kursk oblastining 100 nafar aholisi fevralda Ukrainaga jo‘nab ketdi.
1 fevral kuni Sudjadagi maktab-internatga uyushtirilgan hujumdan keyin Kursk oblastidan 100 dan ortiq rossiyalik Ukrainaga jo‘nab ketdi. Shunga o‘xshash evakuatsiyalar avval ham bo‘lgan, ammo bunday miqyosda emas, deb yozadi The Washington Post.
Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sport masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
Toshkentda 10 yoshli o‘quvchi YTH oqibatida jarohatlandi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumani 260-sonli umumta’lim maktabi qarshisida 11 fevral kuni soat 12:20 larda YTH sodir bo‘ldi.
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, xonadonda gaz sizib chiqib to‘plangan hamda chiroq yoqilishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Tadqiqot: Rossiyaning harbiy xarajatlari butun Yevropanikidan yuqori.
2024 yilda Rossiyaning umumiy mudofaa xarajatlari xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha 462 milliard dollarga teng edi. IISS hisob-kitobiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va Britaniya birgalikda 457 milliard dollarga ega.
Toshkent viloyatida tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar ushlandi.
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tabiiy qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari fosh etildi.
Dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 103 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi.
Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash hududlaridagi issiqxonalar faoliyati 11 fevral kuni tungi vaqtda o‘rganildi.