Yangiliklar
"Ipak yo‘li" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatida “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Pulning narxini boshqarish: Asosiy stavka nima?.
Markaziy bankning asosiy stavkasi nima, u mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? Nega 90-yillarda O‘zbekistonda asosiy stavka 300 foizgacha chiqqan? Kun.uz muxbiri bu boradagi savollarga Markaziy bank departament direktori Nodir Ochilovdan javob ol...
Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi.
Qizil sug‘ur Hisor qo‘riqxonasining G‘yelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlarida uchraydi.
9 may kuni uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi.
«O‘zgidromet» 9 may, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
London Britaniya Mudofaa vazirligiga kiberhujum haqida ma’lum qildi.
Kiberhujum 272 ming britaniyalik harbiy xizmatchining bank ma’lumotlariga ta’sir qilishi mumkin. Mudofaa vaziri Sheppsning aytishicha, hujum nishoni ish haqi tizimi operatori bo‘lgan.
Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10,11,12 may kunlari Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokistonga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston TIV rahbari boshchiligidagi delegatsiya 8-9 may kunlari rasmiy tashrif bilan Pokistonda bo‘ladi.
O‘zbekiston va Vengriya TIV o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.
O‘zbekiston va Vengriya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
TikTok AQSh hukumatini sudga berdi .
Xitoy kompaniyasi suddan o‘z platformasining sotilishi, aks holda taqiqlanishi mumkinligi haqidagi qonunni AQSh Konstitutsiyasiga zid deb topishni so‘ramoqda.
Apple yangi iPad Air va Pro taqdimotini o‘tkazdi.
Apple kompaniyasi Let Loose onlayn taqdimoti chog‘ida o‘z planshetlarining yangi – iPad Air va iPad Pro modellarini taqdim etdi.
Birinchi chorakda O‘zbekiston aeroportlari 3 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi .
Yo‘lovchi va yuk tashishda o‘tgan yilga nisbatan o‘sish kuzatildi.
«Xitoy bu inqiroz tarafdori yoki ishtirokchisi emas» - Si Jinping Fransiyaga bordi va Makron bilan uchrashdi.
Si Jinping Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda Xitoy «bu inqirozning [Ukrainadagi urushning] yaratuvchisi ham, uning tarafdori ham, ishtirokchisi ham emas» dedi.
Qat’iy belgilangan AOS saqlanib qolishi kerak - ekspert.
Soliq qo‘mitasi aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdorini bekor qilmoqchi. O‘zi yaqinda prezident tashabbusi bilan joriy etilgan bunday tartib ko‘plab tadbirkorlarga qora bozordan oq bozorga o‘tish uchun ko‘prik vazifasini bajargandi. K...
Isroil Rafah shahrida nazorat punktining Falastinga tegishli qismini egallab oldi.
G‘azo sektoridagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti o‘z ishini to‘xtatdi. Uning tepasida Isroil bayrog‘i hilpirab turgani aytilyapti.
Sog‘liq yomonlashuviga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish dekriminalizatsiya qilinishi mumkin.
Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish dekriminalizatsiya qilinib, ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shartlarni qabul qilgan HAMAS, AQSh senatorlarning Haaga sudiga tahdidi va dengizdan haydalgan “yashirin flot” - kun dayjesti.
O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.