Yangiliklar
Toshkentda Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua barpo etilishi mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga loyiha taqdim etildi.
Olmaliqda echkiemar fuqaro xonadoniga kirib qoldi.
Ekologiya vazirligi xodimlari uni tutib, tabiatga qo‘yib yuborishdi.
Suv xo‘jaligi vazirligi yagona suv balansini yurituvchi davlat organi etib belgilandi.
Shuningdek, vazirlikka Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi.
«Bizni hurmat qilmaydiganlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lolmaymiz» - Moldova prezidentining intervyusidan asosiy gaplar.
Sandu Vladimir Putin va u Ukrainada boshlagan urush to‘g‘risidagi fikrlari bilan bo‘lishib, Rossiya hujum qilgan taqdirda Moldova o‘zini qanchalik himoya qila olishi to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytargan.
BMT 25 mayni Butunjahon futbol kuni deb e’lon qildi.
100 yil oldin aynan shu sanada birinchi xalqaro futbol turniri boshlangan edi.
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan urush faxriylari soni ma’lum bo‘ldi.
Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri va viloyatida yashamoqda.
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi.
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul pa...
Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi.
O‘zbekistonda oliygohlar, kollejlar va texnikumlarga qabul imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Don korxonalari xususiylashtirilmoqda.
“To‘rtko‘ldonmahsuloti” MChJning Beruniydagi filiali 2,2 mlrd so‘mga sotildi. Yana 16 ta don korxonalari va ularning filiallari takroriy savdoga chiqariladi.
Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi.
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi bo‘yicha ham o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti.
London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda.
Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshida chechen bo‘linmalarining katta yo‘qotishlari tufayli ular orqaga o‘tkazilgan, ammo "Vagner" XHK u yerdan ketganidan keyin frontga qaytarilgan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni majburiy tarzda bo‘lish tartibi belgilanmoqda.
Majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Foto: Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi.
Prezident 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalida bo‘ldi.
Baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati qanday baholanishi ma’lum bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Moldova sobiq bosh vaziri pul yuvish bo‘yicha ishda oqlandi.
Sud Moldova sobiq bosh vaziri Vlad Filatni juda katta miqdordagi pul yuvish ishi bo‘yicha to‘liq oqladi. Prokuratura hukm ustidan shikoyat qilmoqchi.
Shols global siyosiy inqirozni birgalikda hal qilishga chaqirdi.
Hozirgi barcha global muammolar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, dedi Germaniya kansleri. U iqlim o‘zgarishi, qashshoqlikka qarshi kurashish va harbiy mojarolarni bartaraf etish choralarini kuchaytirishga chaqirdi.