Yangiliklar
Meteorologlar ketma-ket o‘ninchi oy harorat rekordini qayd etdi.
Shuningdek, mart oyi kuzatuvlar davridagi (1991 yildan boshlab) eng issiq mart bo‘ldi.
Qozog‘istonda 4 mingga yaqin turar joy toshqinlar tufayli suv ostida qoldi.
Suv toshqinlari boshlanganidan buyon 100 mingga yaqin kishi qutqarildi. 3 mingga yaqin kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgani haqida ma’lumot berildi.
Liliya Chanishevaning jazo muddati 9,5 yilgacha oshirildi.
Sud Navalniyning Ufadagi shtabi sobiq rahbarining jazo muddatini ikki yilga oshirdi. 2023 yilning yozida Chanisheva yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Shveytsariyadagi iqlim faollari IHeSda g‘alaba qozondi.
IHeS birinchi marta iqlimni muhofaza qilish inson huquqimi yoki yo‘qmi, degan muammoni ko‘rib chiqdi. Sud Shveytsariyadan kelgan pensionerlarni qo‘llab-quvvatladi, ular o‘z mamlakatlari rasmiylarini global isishga qarshi kurashda yetarlicha harakat qilmay...
Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi.
Mudofaa vazirligi birinchi marta O‘zbekiston mudofaa sanoatining «Texnofest-2024» ko‘rgazmasini o‘tkazadi, unda ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar namoyish etiladi.
YeI Ukrainaga 150 tadan ortiq generator yubordi.
Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga misli ko‘rilmagan hujumlari munosabati bilan Yevropa Ittifoqi va uning bir qancha davlatlari zudlik bilan u yerga qiymati millionlab yevroga teng kuchli elektr generatorlarini jo‘natdi.
Toshkentda yo‘lovchining qo‘lini qisib qolgan holda harakatlangan avtobus haydovchisi ishdan ketdi.
“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, holat 4 aprel sanasida haydovchining ehtiyotsizligi sabab yuzaga kelgan. Yo‘lovchi tushib ulgurmasidan avtobus eshiklari yopilgan va fuqaroning qo‘li qisib qolingan holda transport harakatlangan.
Xon Yunusga qaytayotgan g‘azoliklar, Sudga tortilgan Germaniya va Amerikadagi quyosh tutilishi - kun dayjesti.
Dunyoda sodir bo‘lgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlarning qisqacha sharhi bilan an’anaviy tarzda tanishtirib borishda davom etamiz.
Avtomobilsozlik sohasiga 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilyapti.
Prezident kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlar chiqarishni yo‘lga qo‘yib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligini qayd etdi.
Nodavlat o‘rta ta’lim tashkilotini qurish uchun foyda solig‘i imtiyozi beriladi.
Yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
O‘zbekistonda 120 mingdan ortiq kishining hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.
Adliya vazirining 2024 yil 18 yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan joriy yil 20 yanvardan 1 aprelga qadar “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
Nemis OAV: Rossiya Germaniyada josuslik usullarini moslashtirmoqda.
Yuzlab rossiyalik josuslar chiqarib yuborilishi va Germaniyadagi Rossiya konsulliklari yopilishiga qaramay, Rossiya Germaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida josuslikni davom ettirmoqda. Bir qator nemis ommaviy axborot vositalari tomonidan o‘tkazilgan...
Jizzaxda M-39 yo‘lining chetida bo‘sh turgan yerlar tadbirkorlarga taklif etiladi.
Shu orqali 20 ming aholini doimiy band qilish rejalashtirilmoqda.
Hayit kunida jamoat transporti butun respublikada bepul bo‘lmaydi – Transport vazirligi.
Vazirlikning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Toshkentdan boshqa barcha hududlarda yo‘lovchi tashish xizmati bilan tadbirkorlar shug‘ullanadi. Shuning uchun poytaxtdan tashqari qolgan viloyatlarda Ramazon hayiti kuni yo‘lkira bepul qilinishi tavsiyaviy xarakt...
Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi .
10 aprel kuni Toshkent shahridagi 125 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda. Shu kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi (ro‘yxat).
Jizzaxda yangi yo‘nalishda teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi .
Sentyabrdan boshlab Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini Jizzax shahri bilan bog‘lovchi “Irjar – Do‘stlik – Jizzax” yo‘nalishida teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.