Yangiliklar
Ozarboyjon samolyotining halokati, G‘azodagi energetik inqiroz va Suriyadan Liviyaga ko‘chayotgan Rossiya bazalari - kun dayjesti.
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.
Britaniyaning nufuzli muhandislik kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi.
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning The Weir Group plc kompaniyasi vakili Rajyen Govendorni qabul qildi.
Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi joriy etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
27 dekabrda biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
O‘zgidromet 27 dekabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Germaniya banki O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini qo‘llab-quvvatlaydi.
Vazirlar Mahkamasining "Germaniya hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda O‘zbekistonda kasbiy ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi.
Vladimir oblastining Gus-Xrustalniy shahrida erkak kishi avtomashinani harbiy komissarlik binosiga haydab borib, mashinani yoqib yubordi. Mahalliy mer voqea qahramonini «Ukraina firibgarlari qurboni» deb atadi va aholini hushyorroq bo‘lishga chaqirdi.
Dunyo elektrsiz qoladi, sun’iy idrok odamlardan o‘zib ketadi: Ilon Maskning 2025 yil uchun prognozlari.
Maskning ta’biri bo‘yicha 2025 yilda bizni nimalar kutmoqda?
Bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar miqdori 1 tonnadan oshdi.
O‘zbekistonga yil boshidan buyon 1 tonnadan ortiq giyohvand moddalar olib kirilishi oldi olindi.
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga uyushtirgan hujumini «g‘azablanarli» deb atadi va mudofaa vazirligiga Kiyevga qurol yetkazib berishni faol davom ettirishni buyurdi.
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi.
Apple Store do‘konidan Rossiya hukumatining talabiga ko‘ra muntazam ravishda mustaqil OAV ilovalari o‘chirib tashlanmoqda. Amerika kompaniyasi buni «demokratik tamoyillar haqida qayg‘urish» deya izohladi.
Finlandiya bir haftada 280 ming harbiyni safarbar etishga tayyor.
Finlandiya mudofaa xarajatlarini oshirishni boshladi. Mamlakat prezidenti zarurat tug‘ilsa 280 ming harbiyni safarbarlikka jalb etishga tayyorligini bildirdi.
Lyuksemburg gersogi keyingi yil taxtdan voz kechmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Lyuksemburgning buyuk gersogi Anri 24 yillik boshqaruvdan keyin hokimiyatni o‘g‘li Giyomga topshirmoq ekanini e’lon qildi.
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?.
Rossiyaning o‘z tarixiy hududlarini tiklashga kuchi yetadi, bunga shak-shubha bo‘lishi mumkin emas, juda katta dasturimiz bor, dedi Vladimir Putin 19 dekabr kuni “Pryamaya liniya”da.
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi.
Ozarboyjon samolyotining Oqtou shahri yaqinida qulab tushishi oqibatida 38 kishi nobud bo‘ldi. Bu mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatdir.
O‘zbekiston uchun sinov: Aholi ko‘payishi bilan, inson kapitali ham o‘sishi kerak.
O‘zbekiston aholisi yaqin yillarda 40 millionga yetadi. Bunday jadal o‘sish albatta quvonarli, lekin aholisi hatto 100 milliondan ko‘proq kambag‘al mamlakatlar ham borligini hisobga olsak, demografik o‘sishdan mo‘jiza kutish yaramasligi oydinlashadi. Kun....
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi.
Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) va IShID Turkiyaning mavjudligiga tahdid solmoqda va mamlakat ularni tor-mor etish niyatida, dedi Erdo‘g‘an.