menu
Kaspi.kz «Humo» to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin.
Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi «Humo» to‘lov tizimini sotib olishni rejalashtiryapti. Kompaniya rahbari Mixail Lomtadze O‘zbekistonda texnologiyalar uchun «katta sarmoya» kiritish niyatida ekanini bildirdi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Iqtisodiyot | 14:30 174 3 daqiqa o‘qiladi Kaspi.kz «Humo» to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi «Humo» to‘lov tizimini sotib olishni rejalashtiryapti. Kompaniya rahbari Mixail Lomtadze O‘zbekistonda texnologiyalar uchun «katta sarmoya» kiritish niyatida ekanini bildirdi.

Foto: Reuters

Qozog‘istonning Kaspi.kz moliya texnologiyalar kompaniyasi «Humo» to‘lov tizimi xususiylashtirilishida ishtirok etish istagini bildirdi. Bu haqda kompaniya rahbari Mixail Lomtadzega tayanib, Forbes xabar berdi.

Kaspi.kz tomonidan ushbu xususiylashtirish jarayoniga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xalqaro konsultanti sifatida jalb qilingan Delloite’ga rasmiy qiziqish xati yuborilgan.

Lomtadzening so‘zlariga ko‘ra, Kaspi.kz naqd pulsiz to‘lovlar o‘sishiga hissa qo‘shadigan to‘lov texnologiyalari va xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba olib kirib, joriy «Humo» biznes modelini rivojlantirishni rejalashtiryapti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kaspi O‘zbekistonda texnologiya va xodimlarga «katta sarmoya» kiritish niyatida, bu «Humo» to‘lov xizmatlarini barcha ishtirokchilar uchun yanada samarali va qulayroq qiladi.

«Ushbu sarmoya «Humo»ning rivojlanishiga qo‘shimcha jadallik baxsh etadi, texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi va innovatsiyalar uchun namuna bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonning sarmoyaviy jozibadorligi yanada oshishiga olib keladi va mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o‘sishi uchun harakatlantiruvchi omil bo‘ladi», — dedi Lomtadze.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda Kaspi.kz AQShning NASDAQ fond birjasida IPO o‘tkazdi va bu so‘nggi ikki yil ichidagi eng yirik ommaviy takliflardan biriga aylandi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallashuvi taxminan 24 milliard dollarni tashkil etadi.

«Humo» to‘lov tizimi haqida

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – bank to‘lov kartalariga asoslangan «Humo» to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyat to‘lov tizimining operatori faoliyatini amalga oshirishga doir Markaziy bankning tegishli litsenziyasiga ega. Ustav kapitali: 155,4 mlrd so‘m;

Ayni paytda 27 milliondan ortiq «Humo» kartalari chiqarilgan bo‘lib, 210 mingdan ortiq terminal va 6,4 mingdan ortiq bankomatlar o‘rnatilgan.

Avvalroq, «Humo» to‘lov tizimi operatori aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekistonda yangi xususiylashtirish dasturi e’lon qilingandi. Undan bir qator yirik davlat korxonalari qatorida «Humo» to‘lov tizimini ham xususiylashtirish rejalari o‘rin olgan.

18:20 / 26.08.2024

11:35 / 26.08.2024

19:11 / 23.08.2024

20:56 / 22.08.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!