Yangiliklar
Rossiya dumasi «chet el agentlari»ning saylovlarda ishtirok etishini taqiqladi.
«Chet el agentlari» endi Rossiya Federatsiyasidagi saylovlarda nomzod sifatida qatnasha olmaydi. Davlat dumasi tegishli tuzatishlarni ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi.
Kuvayt Toshkent viloyatida qurilish sohasidagi yangi loyihalarga sarmoya kiritmoqchi.
Kuvaytning Kuwait Investment Co. kompaniyasi rahbari Yusuf al-Ali uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtiroki davomida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashdi.
Surxondaryoda kuzatilgan kuchli sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi .
Sherobod tumanida kuchli sel oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Qo‘ylardan har xil kasalliklar tarqalmasligi uchun ular dezinfeksiya qilib ko‘milgan.
Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi.
IIV avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bir oy avval oshirilgan tarifni avvalgi miqdorga qaytardi. Ammo oshirilgan ro‘yxatga olish to‘lovi (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarmadi.
Tez tibbiy yordam ilmiy markazi filialiga ishga kiritish evaziga 40 mln so‘m olgan shaxs ushlandi.
Ishga va o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Yevrokomissiya Polshaga nisbatan surishtiruv jarayonini to‘xtatadi.
Polshaning yangi hukumati Yevropa Ittifoqining erkin adliya tizimi sohasidagi talablarini bajardi, deya ma’lum qildi Bryussel. Polshada qonun ustuvorligini jiddiy buzish xavfi endi yo‘q, deyiladi YeK bayonotida.
Britaniya universiteti o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etadi.
Britaniyaning Uorvik universiteti bilan hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda.
«Kamolon osh» markazi rahbari Sa’dulla Saidov vafot etdi.
Sa’dulla Saidov shu kunlarda chet el safarida bo‘lgan. U xorijda hayotdan ko‘z yumgani aytilyapti. Jasad yaqin vaqt ichida Toshkentga olib kelinadi.
Vladimir Kara-Murza Pulitser mukofoti sovrindoriga aylandi.
Rossiyalik muxolifatchi va publitsist The Washington Post gazetasida Rossiyadagi siyosiy hayot haqida sharhlari uchun nufuzli jurnalistik mukofot bilan taqdirlandi.
Surxondaryoda odam o‘limi bilan yakun topgan YTH sodir bo‘ldi .
Sariosiyo tumanida “Lasetti” avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlangan va ko‘chaga burilayotgan “Malibu” avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YeI Putinning inauguratsiyasida ishtirok etish borasida bir qarorga kelolmayapti.
Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari, jumladan Germaniya ham Kremldagi marosimga o‘z vakillarini yubormaydi.
Moldova O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi.
O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar bundan qariyb 30 yil avval – 1994 yil 23 avgustda o‘rnatilgan.
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi.
Minglab yosh yahudiylar va Xolokostdan omon qolgan 50 kishi Osvensim darvozasidan sobiq Birkenau konslagerigacha birga yurib bordi.
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi.
Maktab rahbariyati o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirganlikda ayblangan.
Yevropa Ittifoqi Xitoydan eksportni ixtiyoriy ravishda kamaytirishni so‘radi.
Ursula fon der Lyayyen va Si Jinping Xitoydan eksportni kamaytirish haqida bahslashdi.
Markaziy bank iqtisodiy o‘sish prognozini 5,2-5,7 foizgacha pasaytirdi.
Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, joriy yilda pul o‘tkazmalari miqdori 12-12,5 mlrd dollar atrofida shakllanishi mumkin. Regulyator aholi uchun energiya resurslari narxi oshirilishining umumiy inflatsiyaga birlamchi ta’sirini 2,4 foiz bandga baholadi va y...