Yangiliklar
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Javobgar tomon – aka-uka Jo‘rayevlarning ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida kiritgan iltimosnomasi qanoatlantirilgan.
Abdulla Aripov Qambarota GESi haqida: “Bu O‘zbekiston uchun strategik loyiha”.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirokida Qirg‘izistonda quriladigan 1860 megavattlik Qambarota GESi qiymati 2,9 mlrd dollarni tashkil etadi. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining Qirg‘iziston ehtiyojidan ortgan qismini O‘zbekisto...
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi.
Ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llangan.
Poytaxtda imkoniyati cheklangan bolalar xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
2003 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan yarmarkada bu yil 400 nafar ishtirokchi bolalar o‘zlarining 5000 dan ziyod kartinalar, otkritkalar, yumshoq o‘yinchoqlar, zardo‘zlik ishlari, biserdan yasalgan ishlar, applikatsiyalar, kashta, taqinchoqlar...
AQShda ukrainalik haker 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
REvil kiberhujumlar ishida ayblanuvchi 2,5 mingdan ortiq hujumlarda ishtirok etganlikda aybdor deb topildi. 24 yoshli yigit 2021 yilda Polshada qo‘lga olingan, keyin esa AQShga ekstraditsiya qilingan.
Rafahda qochqinlar lageriga aviazarba, boykotning oqibatlari va G‘arb tomonidan ogohlantirilgan BAA - kun dayjesti.
O‘tgan sutka davomida jahon sahnasida sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar va yangiliklar tafsiloti bilan odatdagidek tanishtirishda davom etamiz.
Falastin tarafdorlari Kolumbiya universiteti binosini egallab olishi. Fotosuratlar.
12 soat o‘tib ularni politsiya tarqatib yubordi - 300 kishi hibsga olingan.
Xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi .
Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti.
Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo‘lib qolaveradi.
Yaponiya va Turkiya O‘zbekistonda pulli yo‘l qurilishida ishtirok etmoqchi.
Yaponiyaning Sojitz hamda Turkiyaning Rönesans kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 49 yilgacha uzaytiriladi.
O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25 yildan 49 yilgacha - ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi.
O‘zbekiston energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ulushini 40 foizga yetkazmoqchi.
Mamlakat 2030 yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish va energetika balansida uning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan.
«Asakabank» xususiylashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyevning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonning yirik banklaridan biri bo‘lgan “Asakabank”ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ar-Riyodda forum: AQSh-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida.
Jahon iqtisodiy forumi – global miqyosdagi iqtisodiy-siyosiy masalalar muhokama qilinadigan yetakchi platformalardan. Saudiya poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan navbatdagi forum G‘azodagi urush fonida Entoni Blinkenning Yaqin Sharqdagi amaldorlar bilan uch...
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi.
Avtomobil vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi.
Aviakompaniya 2023 yildan beri O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.