Yangiliklar
«Chegara bilmas muxbirlar» Turkmanistonda jurnalist ayolni zaharlashga urinish haqida ma’lum qildi.
Turkmanistonlik mustaqil jurnalist Soltan Ochilova majburan kasalxonaga yotqizilgani uchun mukofotni olish uchun Jyenevaga uchib kelolmadi. Ilgari uni zaharlashga urinish bo‘lgan, deb yozadi «Chegara bilmas muxbirlar».
“Iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish zarur” - Senat raisi.
Tanzila Norboyeva 2025 yilda mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari belgilanganini ma’lum qildi. Senat raisiga ko‘ra, belgilangan har bir maqsad va vazifa Global Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang.
O‘zbekiston va Hindiston birgalikda zargarlik buyumlari ishlab chiqaradi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning mashhur Sonani Industries Pvt. Ltd kompaniyasi raisi Manesh Sonani bilan uchrashdi.
Shols va Makron Yevropani birlashishga chaqirdi.
Germaniya va Fransiya yetakchilari Tramp Oq uyga qaytishi bilan Yevropaning raqobatbardoshligi, farovonligi va xavfsizligini yaxshilashga harakat qilish kerakligini aytdi.
Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Yevropa Ittifoqining Kiyevga moliyaviy yordami 2025 yilda 35 mlrd yevroni tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqining savdo komissari Valdis Dombrovskisning bayonotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi «fondning kredit tashabbusi ostida» 2025 yilda Ukrainaga 35 milliard yevro moliyaviy yordam beradi.
“AQSh o‘z uyiga qaytyapti” - Tramp nega tashqi dunyoga xarajatlarni kesyapti?.
Tramp Amerikani yana Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvidan olib chiqmoqda. U imzolagan boshqa bir hujjat bilan, AQShning boshqa mamlakatlarga yordam ko‘rsatish dasturlari 90 kunga to‘xtatildi. Kun....
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi.
20 yanvar kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik qarorgohida Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimiga kirishishi sharafiga O‘zbekiston hukumatining yuqori mansabdor shaxslari uchun rasmiy ziyofat uyushtirildi.
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti.
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.
Qibray - Parkent yo‘nalishida temiryo‘l quriladi.
Loyiha bo‘yicha Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temiryo‘li umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi.
Rossiyaning Zaporijjyaga yangi raketa zarbasi: kamida 16 kishi yaralandi.
Rossiya qo‘shinlari yana ballistika bilan Zaporijjyaga hujum qildi. Mahalliy OHM rahbari shaharda to‘rtta portlash sodir bo‘lgani va kamida 16 nafar kishi yaralangani, ular orasida favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlari va ikki oylik bola borligi...
Yevropa Ittifoqi Trampning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi.
Tramp Yevropani mudofaaga juda kam sarflayotgani uchun tanqid qilishda haqli, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari Kallas. U yevropaliklarni «uyg‘onishga» chaqirdi.
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi.
Markaziy bank boshqaruvi 2025 yil 23 yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Toshkentda Ozarboyjon fuqarolaridan pul talab qilgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Toshkent shahrida Ozarboyjon fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul talab qilgan Rossiya va Ozarboyjon fuqarolari ushlandi.
Buxoro viloyatida yer silkinishi kuzatildi.
Episentr: Jondor tumani. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 526 km janubi-g‘arbda.