qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 18:07 803 3 daqiqa o‘qiladi Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradiThe Line ko‘zgusimon megashaharni qurishga Yevropa kompaniyasining robotlari jalb qilinadi. Saudiya tomoni kompaniyaga sarmoya kiritgani ma’lum bo‘ldi.
Saudiya Arabistonini rivojlantirishga qaratilgan ulkan Neom dasturi doirasida mamlakatning sahro manzarasi o‘zgarib bormoqda. Eng diqqatga sazovor loyihalar qatoriga Epicon egizak osmono‘par binolari va The Line megashahri kiradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularni qurishda zamonaviy texnologiyalar va avtomatlashtirilgan robototexnikadan faol foydalaniladi.
New Atlas xabar berishicha, dasturning strategik investitsiya bo‘linmasi hisoblangan Neom investitsiya fondi (NIF) Yevropaning GMT Robotics kompaniyasiga katta miqdorda sarmoya kiritgan. GMT Robotics — robototexnika bozoridagi o‘yinchilardan biri. Kompaniya qurilish sohasini avtomatlashtirish va robotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Ko‘zgusimon The Line shahri va boshqa Neom loyihalarini barpo etishda qanday robotlar ishlatilishi hozircha noma’lum. Ishlab chiqarish funksiyalari oshkor qilinmayapti, biroq asosiy e’tibor armatura ishlab chiqarishga qaratilishi aniq. Bu mantiqan to‘g‘ri, chunki hozirgi kunda jahon po‘lat yetkazib berish hajmining qariyb 20 foizi Saudiya Arabistonidagi global qurilish loyihasiga sarflanmoqda.
“So‘nggi 30 yil davomida armatura sanoatida turli usullarni sinab, po‘lat armatura ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish uchun robototexnika va avtomatlashtirish tizimlarini keng ko‘lamda joriy etish darajasiga yetib kelganimizdan juda hayajondaman. Neom kompaniyasining qurilish jarayonini qayta ko‘rib chiqishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va bu sohada inqilob yaratishga hissa qo‘shadigan samarali hamkorlikni intiqlik bilan kutamiz”, — deb ta’kidlagan GMT Robotics kompaniyasi bosh direktori Ulrih Dayhmann.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, qurilish sohasida robototexnikani qo‘llashning afzalliklari ko‘p. Zamonaviy texnologiyalar yordamida samaradorlikni oshirish, loyihalash jarayonini optimallashtirish, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va xavfsizlik texnikasini yaxshilash mumkin.
GMT Robotics’ga investitsiya kiritilgani haqidagi xabarlar Neom’ning beton ishlab chiqarishga mablag‘ yo‘naltirgani va yirik beton zavodi qurilishi to‘g‘risidagi ma’lumotdan so‘ng e’lon qilindi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni 2034 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan. Shu sababli, keyingi o‘n yillikda mintaqadagi qurilish ishlari yanada jadallashishi kutilmoqda.
15:04 / 22.12.2024
23:55 / 03.12.2024
15:20 / 03.12.2024
08:10 / 12.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment