menu
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi.
Buyuk Britaniyada 2-toifa qandli diabetni aniqlashda sun’iy intellekt dasturi sinab ko‘rildi. U bemordagi kasallikni 70 foiz aniqlikda topishga qodir. 

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Fan-texnika | 00:10 191 2 daqiqa o‘qiladi Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi

Buyuk Britaniyada 2-toifa qandli diabetni aniqlashda sun’iy intellekt dasturi sinab ko‘rildi. U bemordagi kasallikni 70 foiz aniqlikda topishga qodir. 

Foto: Getty Images

Sun’iy intellektga asoslangan dastur 2-toifa qandli diabet kasalligini uning birinchi alomatlari paydo bo‘lishidan o‘n yil oldin aniqlashi mumkin. Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati mazkur texnologiyani 2025 yilda sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Guardian.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt yurak ustida o‘tkazilgan standart tekshiruvlar natijasida olingan elektrokardiogramma ma’lumotlarini tahlil qiladi va inson ko‘zi payqay olmaydigan minimal o‘zgarishlarni aniqlaydi.

Ushbu o‘zgarishlar 2-toifa qandli diabetni paydo bo‘lishidan 13 yil oldin aniqlashga xizmat qiladi va bu o‘z navbatida kerakli profilaktik choralar ko‘rish imkonini beradi. Yaqin yillarda texnologiya Britaniya sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiya qilinishi kutilmoqda.

Sun’iy intellekt kasalxonalar arxivlaridagi 1,2 millionta elektrokardiogramma natijalari yordamida o‘rgatilgan. Shuningdek, Britaniya biobanklaridagi ma’lumotlardan, jumladan, genetik axborot va 500 mindan ziyod insonning tibbiy qaydlaridan ham foydalanilgan.

Dastlabki sinovlar dastur kasallik xavfini bemor jinsi, etnik kelib chiqishi yoki ijtimoiy holatidan qat’iy nazar 70 foiz aniqlikda topishini ko‘rsatgan. Yosh va arterial bosimga oid ma’lumotlar qo‘shilgudek bo‘lsa, model aniqligi sezilarli darajada oshadi.

13:06 / 24.12.2024

03:11 / 24.12.2024

00:05 / 23.12.2024

18:56 / 22.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!