qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jamiyat | 21:27 817 3 daqiqa o‘qiladi “Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek NazarbekovMadaniyat va turizm vaziriga ko‘ra, sohani nazoratda ushlash kerak, boshqa imkoni yo‘q. “Men [erkinlik] bermaylik demoqchi emasman, men taqiqlarga mutlaq qarshiman. Lekin erkin odamning intellekti shunga loyiq bo‘lishi kerak. U 4 devorning ichida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana o‘sha kun kelganda erkinlikni bemalol majburlab beramiz”, – dedi vazir.
AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan savol: “madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi, vazirlik yopilishi kerakligi”ga javob berdi.
“Bu fikrning oyog‘i Amerikada turibdi. Baraka topkurlar, oyog‘ingizni ota-onangiz bosgan izga qo‘ying-da, bu savol chiqmaydi [keyin] sizda. Boya tushuntirdim, madaniyat sohasi – qush, buni shunday [siqib] ushlash kerak, boshqa imkoni yo‘q. Ochsangiz ham manfaat bermaydi, faqat buzg‘unchilik olib kiradi. Dunyoni ko‘ringlar, sog‘lom odamsizlar-ku.
Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni buzyapti-ku, rasvo qilib yuboryapti-ku. Shuning uchun men [erkinlik] bermaylik demoqchi emasman, taqiqlarga mutlaq qarshiman. Lekin erkin odamning intellekti shunga loyiq bo‘lishi kerak. U 4 devorning ichida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana o‘sha kun kelganda erkinlikni bemalol majburlab beramiz, kerak bo‘lsa. “Yo‘q, bo‘lmayman” desa ham, “yo‘q, sen erkin yashashing kerak” deymiz. Lekin bugun butun jamiyat shunga loyiq deb aytolmaymiz-ku. Bu savolni vijdonimizga qo‘yaylik”, – dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda o‘tgan “Lolazor” podkastining sonlaridan birida iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistonda ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etishda qaysi vazirliklarni saqlab qolib, qaysilarini tugatish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirgandi. Yopilishi kerak bo‘lgan vazirliklar qatorida Madaniyat va turizm vazirligini ham tilga olgan.
19:33
16:45 / 13.12.2024
11:04 / 02.12.2024
12:31 / 29.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment