Yangiliklar
Hisorak suv ombori haqida yolg‘on xabar tarqatganlar jinoiy jazoga tortildi.
Tarqatilgan yolg‘on xabar 150 dan ortiq oila o‘z uyini tashlab, yashash uchun vaqtincha boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida ularga qariyb 400 mln so‘mlik zarar yetgan.
Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik qurilishi yakuniga yetmoqda (foto).
Noyob inshootning 94 foizi qurib bo‘lindi. Qariyb 3 kilometr uzunlikdagi ko‘prik dengiz sathidan 625 metr balandlikda joylashgan.
Qirg‘iziston elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Baxtiyor Saidov ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari har sohada jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, elchining faoliyatiga omad tiladi.
O‘zbekiston va Gurjiston hamkorlik rejalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Gurjiston muvaqqat ishlar vakili yangi yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalarini muhokama qildi.
Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir va qor bo‘lishi kutilmoqda .
Seshanba kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shimolda payshanba va juma kuniga o‘tar kechasi harorat –8…–13 darajagacha pasayadi.
Ozarboyjonda «Qonli yanvar» voqealariga 35 yil to‘ldi.
Ozarboyjon xalqiga qarshi amalga oshirilgan 20 yanvar fojyeasidan 35 yil o‘tdi. Tarixda «Qonli yanvar» nomi bilan muhrlangan bu voqea ozarboyjon xalqining erkinlik orzusi va intilishlarini bostirish maqsadida amalga oshirilgan eng og‘ir jinoyatlardan biri...
IHMA ijtimoiy kartaga oid savollarga izoh berdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, Visa platformasida chiqarilgan ijtimoiy kartadagi pulni naqdlashtirish uchun komissiya to‘lovi bir foizdan oshmaydi. Shuningdek, kartani emitent bankning mobil ilovasidan boshqa ilovaga ham biriktiri...
2024 yilda hokim yordamchilari 309 ta korrupsion jinoyat sodir qildi.
O‘tgan yili O‘zbekistonda 5 ming 716 ta korrupsion jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, ularda qariyb 7 ming kishi ishtirok etgan. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar esa hokim yordamchilari faoliyati bil...
Germaniya elchisi: Tramp AQShda konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishi mumkin.
Donald Trampning dasturi «Kongress va federal shtatlar zarariga prezident qo‘lida hokimiyatning maksimal darajada to‘planishiga» olib keladi, deydi Andreas Mixaelis.
G‘azoga qaytgan tinchlik, Isroilning urushdagi yo‘qotishlari va Tramp berayotgan va’dalar - kun dayjesti.
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.
Bog‘chada bolalarga kobra bilan tomosha ko‘rsatildi.
Ichki ishlar organlari tomonidan holat qachon va qayerda sodir etilgani aniqlashtirilmoqda. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olgan.
«Siti» 6 ta gol urdi, «Real» birinchi o‘ringa qaytdi. Kun o‘yinlari.
Onana yana tomosha ko‘rsatdi, Gvardiola jamoasi yana kuchli to‘rtlikda. Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
O‘zbekiston davlat xizmatlarini yaxshilashda BAA tajribasidan foydalanadi.
Saudiya Arabistonining Sahm News gazetasida "O‘zbekiston va BAA mustahkam hamkorlik ko‘prigi qurmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
CNN: Tramp yordamchilariga Putinga qo‘ng‘iroqni tashkillashtirish haqida buyruq berdi.
Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng birinchi kunlarda Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina bo‘yicha uchrashuv yuzasidan kelishib olish niyatida, deya xabar beradi CNN manbalari.
Qora dengizdagi tankerlar avariyasi Rossiyaning soyadagi floti bilan bog‘landi.
Dekabr oyida cho‘kib ketgan "Volgoneft-212" tankeri mazut yuki Rossiya soyadagi floti tarkibiga kiruvchi FIRN dengiz tankeriga yuklash uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi OAV.
Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.
Isroil va Hamas o‘rtasidagi asir va garovga olinganlar almashinuvi doirasida 90 nafar falastinlik qamoqdan ozod qilindi. Avvalroq garovga olingan uch nafar isroillik vataniga qaytgan edi.