Yangiliklar
Vatikan tarixida birinchi marta ayol kishi gubernator bo‘ladi.
Gubernator bosh vazir vakolatlariga ega bo‘ladi, shuningdek, Rim papasi nomidan Vatikanni boshqaradi.
Xitoy raketasi navigatsion tizimlarga ega sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi.
Sun’iy yo‘ldoshlardan biri giperspektral kamera bilan jihozlangan - undan foydali qazilmalar razvedkasi, o‘rmon xo‘jaligi va shaharlarni rejalashtirishda foydalanish mumkin.
Honda 300 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi.
AQSh regulyatoriga ko‘ra, ushbu mashinalarning elektron tormozlanish tizimi avtomatik ravishda ishlab ketmoqda.
Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi.
U ikkita MChJda bosh hisobchi lavozimida ishlab, ushbu korxonalarning mablag‘larini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan.
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Hisob palatasi tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yilgi asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Putin Trampni tabriklab, «Ukraina mojarosi» bo‘yicha dialogga tayyorligini ma’lum qildi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva hech qachon Vashington bilan muloqotdan, jumladan, «Ukraina mojarosi» bo‘yicha muloqotdan bosh tortmagan.
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi.
Oliy ta’lim kengashi nodavlat OTMlar rahbarlarini yig‘ib, kontraktdan tushadigan mablag‘larning 4 foizini o‘tkazib berish to‘g‘risida shartnoma tarqatdi, deya ma’lum qildi iqtisodchi Yuliy Yusupov. Bunday talab o‘tgan oyda ham qo‘yilgandi. Oliy ta’lim vaz...
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?.
G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlangach, Hamas garovdagi uch ayolni qaytardi, ikkinchi kuni Isroil falastinlik 90 mahbusni ozod qildi. Hamas ozod etilgan isroillik ayollarga suvenirlar va G‘azo ko‘rinishi aks etgan otkritkalar hadya qildi.
Paxtani o‘z hisobidan yetishtirganlarga subsidiya ajratiladi.
Subsidiya hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida ajratiladi.
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Prezident administratsiyasida shuba mudiri bo‘lib ishlab kelgan Marat Jo‘rayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Avvalroq bu lavozimga tayinlangan Zafar Azimov uch haftaga bormay boshqa ishga o‘tkazilg...
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi.
O‘tgan yili Jomboy, Uychi, Namangan tumanlari va Marg‘ilon shahri hokimlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul o‘rinbosarlari hamda Xalq banki matbuot xizmati rahbari davlat tashkilotlari faoliyatining ochiqligiga oid talablarni buzgani uchun ma’muriy jav...
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi.
Ularga Rossiyaning haydovchilik guvohnomasini olish tavsiya qilinmoqda.
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi.
Bosh suyagi ostiga o‘rnatiladigan qurilma neyronlar klasterini «yoqadi». Implantat xavfsizligi 30 nafar bemor ustida sinovdan o‘tkaziladi.
2024 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 15 mlrd dollarga yetdi.
O‘tgan yilda O‘zbekistonga kirib kelgan pul o‘tkazmalari miqdori 14,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga ko‘p. Hisobot davrida pul o‘tkazmalarining o‘sishi Buyuk Britaniyadan 83 foiz, Janubiy Koreyadan 5...
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
Shaharda noqonuniy bino va inshootlar buzilmoqda. Hokimlik ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lib, yuridik xizmatlardan maslahat olishni tavsiya qildi.
Britaniyada soliqlar sabab rekord darajada ko‘p millionerlar mamlakatni tark etmoqda - The Times.
2024 yilda Buyuk Britaniyadan jami 10,8 ming millioner chiqib ketgan. Ular asosan Italiya, Shveytsariya va Birlashgan Arab Amirliklariga ketmoqda.