menu
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi.
Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi migrant bolalarni rus tilidan bilimini sinovdan o‘tkazmasdan maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 18:22 302 1 daqiqa o‘qiladi Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi

Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasi migrant bolalarni rus tilidan bilimini sinovdan o‘tkazmasdan maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning «Rosobrnadzor» tashkiloti migrant bolalarning rus tilini bilishini tekshirish uchun metodik materiallar va test tizimini tayyorlashni yakunlamoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko. Testlar 2025 yil 1 aprelda boshlanishi rejalashtirilgan.

Uning aniqlik kiritishicha, tashkilotda baholash mezonlari tayyorlanmoqda va turli sinflar uchun turli darajadagi testlar talab qilinishi allaqachon aniq.

«Kelgusi yilning 1 aprelidan boshlab bunday ishlar mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida tizimli ravishda rivojlantiriladi», dedi u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.

U mezonlar haqida batafsil ma’lumot bermadi. Chernishenkoning qo‘shimcha qilishicha, har yili 155 mingga yaqin migrant bola rus maktablariga boradi.

11 dekabr kuni Rossiya Davlat dumasi migrant bolalarni rus tilidan bilimini sinovdan o‘tkazmasdan maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan edi.

17:05

16:28

15:38

13:29

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!