menu
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV.
AQSh harbiy kontingenti 2026 yil oxirigacha Iroqni tark etishi haqida kelishuv bor edi. Biroq, Suriyadagi voqealar Iroq hukumati fikrini o‘zgartirgani ta’kidlanmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:05 514 3 daqiqa o‘qiladi Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV

AQSh harbiy kontingenti 2026 yil oxirigacha Iroqni tark etishi haqida kelishuv bor edi. Biroq, Suriyadagi voqealar Iroq hukumati fikrini o‘zgartirgani ta’kidlanmoqda.

Foto: AP

Iroq hukumati AQSh harbiylari tomonidan xavfsizlikni ta’minlash zarurati haqidagi fikrini o‘zgartirdi, deb yozdi The Washington Post. Ta’kidlanishicha, «mintaqada sodir bo‘lgan so‘nggi voqealardan so‘ng» Bag‘dod AQSh qo‘shinlarini olib chiqilishi uchun avval belgilangan muddatlardan voz kechish haqida o‘ylamoqda.

Iroq hududidagi xorijiy kuchlarni qisqartirish bo‘yicha kelishuv bu yil AQSh va Iroq hukumati o‘rtasida imzolandi. Unga ko‘ra, mamlakatda joylashgan AQSh qo‘shinlari 2026 yil oxirigacha harbiy bazalarni tark etishi lozim edi. Shu bilan birga, mahalliy xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shni Suriyaning shimoli-sharqiy qismida faoliyat yuritayotgan Amerika kontingentiga moddiy-texnik yordam ko‘rsatish uchun Iroqda faqat kichik bir guruh qo‘shin qolishi kerak edi.

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) qayd etganidek, Iroq hukumatining xorijiy kontingent mavjudligi muammosiga yondashuvidagi o‘zgarishlar IShID qoldiqlari va boshqa tuzilmalar oldidagi «qo‘rquvni aks ettiradi». Bag‘dod Damashqni qo‘lga kiritgan guruhlarni hamon IShID kabi radikal kuchlar deb biladi va «2014 yil takrorlanishi»dan qo‘rqadi. Shu yili Iroqning eng muhim shahri Mosul IShID tarafdorlari qo‘liga o‘tgan edi.

Qo‘shma Shtatlarning o‘zi tez o‘zgaruvchan vaziyat sharoitida Yaqin Sharqdagi qo‘shinlari sonini oshirmoqda. Kurd kuchlari harakat qilayotgan Suriya shimoli-sharqida qo‘shinlar soni ikki baravar ko‘paygani haqidagi kutilmagan e’londan so‘ng, Pentagon matbuot xizmati «ba’zi qo‘shimcha, vaqtinchalik qo‘llab-quvvatlash kuchlari» Iroq tuprog‘iga ham joylashtirilganini aytdi. Biroq, «operativ xavfsizlik va diplomatik nuqtai nazardan» aniq statistik ma’lumotlar berilmadi.

19:49

17:40

17:05

16:18

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!