Yangiliklar
Hamas garovga olingan ayrim shaxslarni hafta oxirigacha ozod qiladi.
TSAHAL 33 nafar garovga olinganlarning oilalariga ularning yaqinlari Isroilning Hamas bilan kelishuvi birinchi bosqichida ozod etilishini aytdi. Dastlabki asirlar 19 yanvardayoq ozod etilishi mumkin edi.
Grozev: GRU G‘arbdagi diversiyalar uchun «universitet» yaratdi.
Surishtiruvlar bilan shug‘ullanuvchi jurnalist Xristo Grozevga ko‘ra, Moskva va Sankt-Peterburgda diversantlar tayyorlanmoqda. Agentlarning aksariyati Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlaridan kelgan.
O‘zbekiston Hindistonning yirik konglomerati bilan hamkorlik qiladi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning Reliance Industries Limited kompaniyasi strategik taraqqiyot bo‘yicha prezidenti Kamal Nanavati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston va Aqto‘be viloyati o‘rtasida muntazam reyslar tashkil etiladi.
O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida xizmat safarida bo‘lib, hukumat, biznes doiralari hamda ta’lim va turizm sohalari vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
YeXHT Belarusdagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortdi.
YeXHT Belarusdagi prezidentlik saylovlariga kuzatuvchilarni yuborishdan kechikib kelgan taklif tufayli bosh tortdi. AQSh Davlat departamenti saylovlar ishonchli emasligini bildirdi.
Eron O‘zbekistonda sitrus mevalar yetishtirishi mumkin.
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning Romak Co. qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistika markazi va eksport terminaliga tashrif buyurdi.
Isroil hukumati Hamas bilan kelishuvni tasdiqladi.
Isroil hukumati Hamas bilan sulh va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi.
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi.
15 yanvar kuni Isroil va HAMAS G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgandi. Bir kun o‘tib Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida yana o‘nlab falastinliklar halok bo‘ldi. Isroil tomoni kelishuv hali imzolanmaganini iddao q...
Xitoy aholisi ketma-ket uchinchi yil kamaydi.
XXR davlat statistika boshqarmasi 2024 yilda mamlakat aholisi undan oldingi yilga nisbatan 1,29 mln kishiga qisqarganini ma’lum qildi.
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi.
Uni haqiqiysidan farqlash qiyin ekani ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston Hindistonning yirik zargarlik kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatmoqda.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yirik zargarlik korxonalaridan biri hisoblanadigan Gold Star Jewellery Pvt. Ltd. kompaniyasi boshqaruvchi direktori Ashish Shoh bilan uchrashuv o‘tkazdi.
90-yillarda Rossiyaning eng qudratli oligarxlardan biri bo‘lgan Gusinskiy qarzga yashayotgani ma’lum bo‘ldi.
"Agenstva" ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Gusinskiy Qo‘shma Shtatlardagi ajrashish jarayoni doirasida qarzlari aktivlaridan oshib ketganini ko‘rsatgan. Unga tegishli oxirgi ikki tuzilma ham bankrot bo‘ldi.
Davlat xaridlarida insofsiz ijrochilar reyestri shakllantiriladi.
Sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar reyestrga kiritiladi.
Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik ham javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Shimoliy Koreya harbiylari ilk bor Moskvada 9 may paradida qatnashadi.
Rossiya «G‘alaba paradi»ga 19 «do‘st» davlatning harbiy qismlarini taklif qildi. "Meduza"ning yozishicha, Kreml paradga AQShdan yuqori martabali mulozim kelishini kutmoqda.
Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 kishiga yetdi.
Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida 16 yanvar kuni O‘zbekistonning yana 4 nafar fuqarosi vafot etgan. Shuningdek, Istanbul shifoxonalari jonlantirish bo‘limida qolayotgan o‘zbekistonliklardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.