Yangiliklar
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi.
TikTok ijtimoiy tarmog‘i Trampning va’dasidan keyin Qo‘shma Shtatlardagi faoliyatini qayta tiklashga kirishdi. Qonunga muvofiq 19 yanvardan mamlakatda uning faoliyati taqiqlangan.
Xitoyda maxfiy gipertovushli raketa sinovdan o‘tkazildi.
Xitoylik mutaxassislar «havo-havo» sinfidagi maxfiy gipertovushli raketaning yakuniy sinovlarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.
Amerika OAV: Tramp Oq uyga kelishi bilan noqonuniy migrantlarga qarshi reydlarni boshlaydi.
Trampning o‘zi ham avvalroq mamlakat tarixidagi eng keng ko‘lamli deportatsiya dasturini shaxsan nazorat qilmoqchi ekanini aytgandi.
AQShda TikTokʼni taqiqlashga oid qonun kuchga kirdi. Foydalanuvchilar ilovaga kira olmayapti.
AQShda 19 yanvardan TikTokʼni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Ijtimoiy tarmoq amerikaliklarning platformaga kirishini cheklab qo‘ydi. Shuningdek, u AQShdagi ilovalar do‘konidan ham o‘chirib tashlandi.
Samarqanddagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi.
“Jiguli” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etgan.
Rossiya armiyasi ballistik raketalar bilan Kiyevga zarba berdi.
RF mudofaa vazirligi zarba nishoni «Neptun» raketalari loyihalashtiriladigan «Luch» konstruktorlik byurosi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 70 ga yaqin inson halok bo‘ldi.
Mamlakat markaziy qismida 60 ming litr benzin olib ketayotgan avtosisterna ag‘darilib ketgan. Benzovozdagi yonilg‘ini boshqasiga o‘tkazishga uringan odamlar esa yuzaga kelgan portlash qurboniga aylangan.
Ukrainada sobiq deputat davlatga xiyonatda ayblanmoqda.
Davlat tergov byurosiga ko‘ra, «Metinvest» tog‘-metallurgiya kompaniyasi egasi va Ukrainaning eng badavlat insonini biznes sherigi Vadim Novinskiy jamiyatda hukumatga qarshi kayfiyatni shakllantirish va Rossiya bosqinini oqlashga urinib kelgan.
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?.
1982 yil qurilib, qariyb 20 yil foydalanilgan, ammo 2000 yildan so‘ng qarovsiz holga kelib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi buzilmoqda. Kun.uz muxbiri obekt hududida bo‘lib, buzish sabablari, u qancha vaqt davom etishi, qurilish chiqindilari qayerga olib bori...
O‘zbekistonda Hindiston bilan hamkorlikda transport vositalari ishlab chiqariladi.
Mumbay shahrida O‘zbekistonda Hindistonning yirik kompaniyasi bilan hamkorlikda transport vositalari va motor moylari ishlab chiqarish istiqbollari muhokama qilindi.
Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi.
Belarus prezidenti «ekstremizm» moddasi bo‘yicha qamalgan yana bir guruh fuqarolarni afv etdi. Ularning ismlari oshkor etilmadi.
ISW: Ukraina tez orada Kursk oblastida KXDR harbiylarini yo‘q qilib tashlaydi.
Kursk oblastidagi Shimoliy Koreya qo‘shinlari guruhi aprel oyi o‘rtalariga qadar yo‘q qilib tashlanishi mumkin, deb hisoblaydi tahlilchilar. Institut Shimoliy Koreyaning og‘ir yo‘qotishlarini zamonaviy urush usullarini tushunmaslik bilan bog‘ladi.
Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun to‘lov “Mening uyim” tizimida to‘lanadi.
Hukumat qarori bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan.
Turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari necha nafarni tashkil etishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildi.
Otishmani uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilgan birorta ishga aloqador emas.
Ummon va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha korxona ta’sis etadi.
O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov Ummonda o‘simlik moylari va ularning hosilalari, margarinlar, maxsus yog‘lar, oshpazlik moylari, sariyog‘, ketchup va mayonez ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik kompaniya Areej Vegetable Oil & Derivatives SAO...