qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 18:07 201 2 daqiqa o‘qiladi Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradiHindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchirishini va u Yerning tabiiy yo‘ldoshiga mamlakat bayrog‘ini o‘rnatishini ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
Hindiston o‘z kosmonavtini 2040 yilga borib Oyga qo‘ndirishga mo‘ljallangan kosmik dasturni yaratdi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) raisi Shridxara Somanatx ma’lum qildi.
«Mustaqilligimizning 100 yilligini nishonlayotgan vaqtimizda Oyda Hindiston bayrog‘i hilpirayotgan bo‘ladi. Bizning odamimiz u yerga borib, bayroqni o‘rnatadi va muvaffaqiyatli qaytib keladi. Bu 2040 yilda sodir bo‘ladi», — deydi Somanatx.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yo‘l xaritasi doirasida Hindiston 10 yildan keyin o‘zining kosmik stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda. 2028 yilda uchiriladigan kosmik stansiya moduli stansiyani to‘liq ishga tushirishga zamin yaratadi.
Joriy yilning oktyabrida ISRO Venera sayyorasini o‘rganishga oid rejalarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Shukrayan-1 nomini olgan missiya 2028 yilning 29 mart kuni start oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yozida Hindiston Oyga kosmik kemasini muvaffaqiyatli uchirgan edi. Hindiston kosmik dasturi 1960 yillardan beri mavjud. Dastlab koinotga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga e’tibor qaratildi. Mamlakat endi o‘z oldiga yanada ulkan maqsadlarni qo‘ymoqda.
23:25 / 23.12.2024
20:50 / 23.12.2024
15:40 / 18.12.2024
11:42 / 18.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment