Yangiliklar
22 yanvar yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar.
Sirdaryoga hokim bo‘lgan Turdimov, O‘zbekiston futboli rahbariyatidagi o‘zgarishlar, sayyohdan pora olgan samarqandlik IIB xodimlari va tergov hibsxonasidan oldingi majburiy tibbiy ko‘rik - o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari...
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
«Hozirgi yuzaga kelgan holatda O‘FA aynan Kapadzening murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intilish kabi jihatlari orqali muhim uchrashuvlarda ijobiy natija ko‘rsatishiga ishonadi», – deya b...
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi.
Da’volar AQSh yangi prezidentining buyruq va memorandumlari bilan bog‘liq. Tramp birinchi ish kunida 200 ga yaqin hujjatni imzoladi.
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi.
Bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi.
Jogorku Kengesh deputatining so‘zlariga ko‘ra, Issiqko‘lda Asman shahri qurilmoqda va u yerga 10 mlrd so‘m investitsiya jalb qilingan. «Poytaxt ko‘chirilsa, yo‘l tirbandliklari muammosi hal bo‘ladi», deydi u.
Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich.
Eng kuchli shamol oqimlari WASP-127b ekzosayyorasida aniqlangan.
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida.
Donald Trampning inauguratsiyasidan bir necha soat o‘tib AQSh Kongress yangi davlat kotibi lavozimiga Marko Rubioning nomzodini tasdiqladi. Ovoz berish jarayoni yakunlanishi bilanoq Rubio Rossiya-Ukraina urushi borasida bayonot berdi.
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida.
Dunyodagi eng baland Jamolungma cho‘qqisiga har yili 600-700 nafar odam ko‘tariladi. Ularning o‘rtacha 40 foizi alpinistlar, qolgani ularga yordam beradigan mahalliy aholi hisoblanadi. Aslida cho‘qqiga chiqish uchun Nepalga ko‘p odam boradi. Ularning aksa...
To‘qimachilik sanoatida qayta ishlash zanjiri rivojlantiriladi.
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Ayrim dorilar klinik tadqiqotlarsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Sog‘liqni saqlash vazirining «Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Janubiy Koreyada 9 yildan so‘ng birinchi marta tug‘ilish darajasi o‘sdi.
Bu COVID-19 sabab kechiktirilgan nikohlar soni ko‘payishi bilan bog‘liq.
Srechko Katanets milliy jamoa bosh murabbiyligidan ketdi.
U salomatligidagi muammolar tufayli o‘zaro rozilik asosida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan shartnomani bekor qilgan.
Turkiyada mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi.
Turkiya shimoli-g‘arbidagi 12 qavatli yog‘och mehmonxonada kechasi yong‘in chiqdi, uning ichida 200 dan ortiq kishi bo‘lgan. Yong‘in 10 soatdan keyin o‘chirildi. To‘qqiz kishi qo‘lga olingan.
«Barselona» va «Atletiko»da dahshatli kambek. Kun o‘yinlari.
Darvozabonning xatolari «Barsa»ga qimmatga tushishi mumkin edi, ammo «Benfika» darvozaboni ham undan qolishmadi va mavsumning eng kulgili golini o‘tkazib yubordi. «Liverpul» yo‘qotishsiz ketmoqda.
Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonib ketdi.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
YeChL. «Barsa» Lissabondagi «otishma»da superkambek amalga oshirdi, «Atletiko»da ham irodali g‘alaba, «Liverpul»da 100 foizlik natija.
Yevropa Chempionlar Ligasida 7-turning bir qancha o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.