menu
2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi.
Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash tartibi ham joriy qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 20:19 3040 3 daqiqa o‘qiladi 2025 yilda tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshi oshiriladi

Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash tartibi ham joriy qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar va 2025 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

2025 yilda sog‘liqni saqlash sohasiga 41 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Buning hisobidan yangi shifoxonalar tashkil etish va jihozlash, mavjud quvvatlarni kengaytirish, tibbiy ko‘rik qamrovini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lumot berildi.

Davlat rahbari bu sohadagi asosiy vazifa – birlamchi bo‘g‘inda tibbiyot sifatini oshirish ekanini ta’kidladi. Buning uchun vazirlik vertikalini hududlarda to‘g‘ri ishlatish, ayniqsa, chekka va og‘ir tumanlarga e’tiborni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Bu bo‘yicha turkiyalik ekspertlar tomonidan 6 ta hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati va ulardagi ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlarini tizimli isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Mutasaddilarga bu masalani chuqur tahlil qilib, birlamchi bo‘g‘in transformatsiyasi bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlash topshirildi.

Ushbu yo‘nalish xodimlarining malaka oshirish dasturi takomillashtiriladi. Nazariy bilim va ko‘nikmalarni egallashdan kompetensiyalarni rivojlantirishga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

Shuningdek, kelgusi yil tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash tartibi joriy qilinadi.

Hududlarga bo‘layotgan e’tibor izchil davom ettiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy sug‘urtasi amaliyoti joriy etiladi. Markazlashgan laboratoriya xizmatlari kengaytiriladi. “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etilib, tibbiy jihozlardan foydalanish elektron tizim orqali nazorat qilinadi.

Yana 35 ta yo‘nalishdagi 400 ta milliy klinik protokollar ishlab chiqiladi. 7 ta ixtisoslashgan markaz va 2 ta oliy ta’lim muassasasi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham e’tibor qaratilib, tibbiy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish, uni amaliyot bilan hamohangligini mustahkamlash, bitiruvchilarning birlamchi bo‘g‘inda tajriba orttirishini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

18:47

18:11 / 12.12.2024

19:53 / 11.12.2024

19:47 / 11.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!