qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 23:04 / 24.12.2024 701 2 daqiqa o‘qiladi Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdiShanxay yaqinidagi suvlarda 58 ming tonna yukni tashishga qodir yassi palubali ulkan kema sinovdan o‘tkazildi. Fan Zhou 8 nomini olgan kemaning uzunligi 256 metrni tashkil etadi.
Foto: Xinhua
Xitoy 58 ming tonna yukni sig‘dira oladigan yassi palubaga ega Fan Zhou 8 kemasini sinovdan o‘tkazgan. South China Morning Post’ning yozishicha, mazkur kema qutb suvlarida ham faoliyat ko‘rsatishga qodir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fan Zhou 8 Chjetszyan provinsiyasidagi Taizhou Zhonghang kemasozlik zavodidan suvga tushirilgan va Shanxay sharqidagi suvlarda o‘tkazilgan «turli professional sinovlardan» keyin yana zavodga qaytib kelgan.
Ta’kidlanishicha, kema dengizda suzishga mo‘ljallangan kemalar kabi yuqori sifatlariga ega va Qutb kodeksi talablariga mos keladi. Uning uzunligi — 256 metrni, eni esa 51 metrni tashkil etadi. Kemaning suzish davomiyligi — 16 dengiz mili, maksimal tezligi — 15 uzeldan oshadi.
Kema o‘z palubasida turli yuklarni, jumladan, neft konlarni topishga mo‘ljallangan uskunalar, shamol va atom elektr stansiyalarining qismlari, shuningdek, po‘lat konstruksiyalar yoki yirik kemalar seksiyalarini tashiy oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Xitoyning China Shipbuilding Industry Corp (CSIC) kompaniyasi buyurtmaga asosan dunyodagi eng katta ruda tashuvchi kemani yaratgandi. O‘shanda Ore Tianjin deb nomlangan kema 400 ming tonna tashiy olishi aytilgan edi.
21:52 / 24.12.2024
17:07 / 24.12.2024
08:30 / 24.12.2024
23:24 / 23.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment