Yangiliklar
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi - infografika.
Jo Baydenni yoshi uchun tanqid qilib, uning dovdirashi va yanglish gaplari uchun hazil qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmay kelgan Donald Tramp Oq uyga AQShning eng keksa prezidenti sifatida qaytdi.
Xavfsizlik kafolati bo‘lmasa, Putin 10 barobar kuchli armiya bilan qaytadi - Zelenskiy.
Ukraina rahbari Rossiya, AQSh va Yevropa 2022 yil boshida qanday pozitsiyada bo‘lganini, hozir esa qanday pozitsiyada ekanini hamma tushunishi kerakligini ta’kidladi.
Marko Rubio AQSh davlat kotibi sifatida qasamyod keltirdi.
AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens nomzodi Senatning xalqaro munosabat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Marko Rubiodan davlat kotibi sifatidagi qasamyodini qabul qildi.
Turkiyadagi kurortda chiqqan yong‘in qurbonlari soni oshmoqda.
Seshanbaga o‘tar kechasi Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada yong‘in ro‘y berdi. Olov qisqa muddat ichida butun binoni qamrab olgan. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, h...
Qozog‘istondan yerosti quvuri orqali O‘zbekistonga benzin tashigan shaxslar ushlandi.
Ular AI-92 benzinini Sariyog‘ochdan Qibray tumani hududiga yer ostidan o‘tkazilgan taxminan 300 metr uzunlikdagi quvur ichiga shlang joylashtirish orqali tashib kelgan.
Tuxum yetishtirish kooperatsiyasi uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni parrandachilikni rivojlantirish va yaylovlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
O‘zbekiston 2024 yilda gaz importini 2,4 barobarga oshirdi.
O‘zbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib oldi. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga ko‘p. O‘tgan yili, shuningdek, gaz eksporti qiymat jihatdan 18 foizga oshib, 628 mln dollar...
Tramp Oq uydagi ilk kunida qanday farmonlarni imzoladi?.
Donald Trampning prezidentlikka qaytganidan keyingi ilk qarorlari haqida qisqacha.
Apple yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Apple brendining qiymati o‘tgan bir yil ichida 11 foizga - 574,5 mlrd dollargacha oshgan. Shuningdek, ro‘yxatning eng yuqori pog‘onalaridan Microsoft, Google, Amazon va Walmart ham o‘rin olgan.
Belarus elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘zining diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belarus elchisini qabul qildi.
«O‘ng yuzingizga urganda, chapini tutib bermaslik kerak» – jim turish va advokat talab qilish huquqi haqida.
O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, fuqarolar sud yoki tergov jarayonlarida o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlashi mumkin.
O‘zbekistonda birinchi o‘zbek-fransuz tibbiyot forumi tashkil etiladi.
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Parij shahrining Milliy tibbiyot akademiyasi prezidenti Jan-Noel Fissinger bilan uchrashdi.
G‘azoga qaytgan mahbuslar, katta va’dalar bilan lavozimga kirishgan Tramp va Ozarboyjonda xotirlangan «Qonli yanvar» - kun dayjesti.
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.
Ukraina davlat reyestrlari Rossiya kiberhujumidan keyin qayta tiklandi.
Ukraina adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, bir oy oldin Rossiya tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli kiberhujum natijasida ukrainaliklarning ma’lumotlari yo‘qolmadi, rasmiylar «muhim saboq oldi» va «tizimli o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda».
Toshkent aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.
U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.
Tramp: Putin Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishmay Rossiyani yo‘q qilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampning aytishicha, Putin Ukrainadagi ishlari «unchalik yaxshi ketmayotganidan» xursand emas. Unga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi.