qarashlar
Yangi qoidalar doimiy istoqomat guvohnomasini qo‘lga kiritish huquqlarini kengaytirmaydi, shunchaki bu huquqqa ega bo‘lganlar uchun jarayonni tezlashtiradi, deb yozadi CBS News.
Xususan, ariza topshirish jarayonida mamlakatni tark etib turish talabi bekor qilinishi kutilmoqda.
Yangi qoidalar mamlakatda kamida 10 yildan beri yurgan va 2024 yilning 17 iyuniga qadar AQSh fuqarosi bilan rasmiy nikohda bo‘lganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Oq uyning baholashicha, bundaylarning osni 500 mingga yaqin. Bundan tashqari, ushbu huquqdan AQSh fuqarolarining 50 mingga yaqin asrab olingan farzandlari ham foydalanishadi.
Doimiy istiqomat guvohnomasi — «grin karta»ni qo‘lga kiritgan inson kelgusida AQSh fuqaroligiga da’vogar bo‘la oladi.
«Biz byurokratiyani minimallashtirish, shuningdek, mamlakatni tark etib turish zaruriyati bilan bog‘liq qiyinchiliklarni kamaytirishni ko‘zlab jarayonlarni potensial optimallashtirishni e’lon qilmoqdamiz», — degan jurnalistlarga AQSh prezidenti administratsiyasining oliy martabali vakili.
Biroq, «faqat Kongress immigratsion qonunchilikning hamda boshpana taqdim etish to‘g‘risidagi qonunlarning umumqamrovli islohotini o‘tkazishi mumkin», — degan boshqa bir mulozim.
Prezident Jo Bayden Kongressda ilgari surgan avvalgi ikki partiyali immigratsion paket so‘nggi o‘n yilliklar ichida eng qat’iy siyosatni joriy etishi nazarda tutilgan edi, biroq respublikachilar bitimdan bosh tortgach, qonun loyihasi barbod bo‘ldi.
Yaqinda Bayden boshpana so‘rovchilarga kundalik ma’lum bir o‘rnatilgan limitlardan oshgan holatda chegaralarni yopishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi. Bu qadam so‘l qarashlardagi saylovchilarning tanqidi va huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi guruhlarning yuridik noroziligiga sabab bo‘ldi.
AQSh prezidenti administratsiyasi boshpana taqdim etish to‘g‘risidagi o‘z farmonini himoya qilar ekan, Kongressning sa’y-harakatlarini «so‘nggi o‘n yilliklardagi eng qat’iy va adolatli islohotlar kompleksi» deb xarakterlaydi.
Bu orada AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan Donald Tramp immigrantlarni «mamlakatning qonini zaharlovchilar» deb atamoqda va g‘alaba qozongan taqdirda mamlakat noqonuniy ravishda bo‘lib turganlarni ommaviy deportatsiya qilishni va’da qilmoqda.
Comments
0 comment