menu
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi.
Yaman harakati Isroil markaziga ballistik raketa bilan hujum uyushtirishga urindi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 15:21 288 1 daqiqa o‘qiladi Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi

Yaman harakati Isroil markaziga ballistik raketa bilan hujum uyushtirishga urindi.

Foto: Anadolu Agency

Isroil Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Yamanning «Ansorulloh» harakati (husiychilar) pozitsiyalariga hujumlarni kuchaytiradi. Bu haqda mahalliy OAVga Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Tomer Bar ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil aviatsiyasi «kerak bo‘lganda havo hujumlari chastotasi va intensivligini oshirishda davom etadi».

So‘nggi kunlarda Isroil va husiychilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik avj oldi. Yaman harakati Isroil markaziga ballistik raketa bilan hujum uyushtirishga urindi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Isroil havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan tutib olingan.

19 dekabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sano va Xodayda shahriga hujum qildi. Havo hujumlarida kamida 9 kishi halok bo‘lgan.

14:07 / 25.12.2024

16:05 / 24.12.2024

12:01 / 24.12.2024

15:56 / 22.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!