qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 13:08 240 2 daqiqa o‘qiladi Britaniyaning nufuzli muhandislik kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradiO‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning The Weir Group plc kompaniyasi vakili Rajyen Govendorni qabul qildi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot davomida Weir Minerals kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi loyihalarga texnik jihatdan amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi va ayrim konlar ishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida The Weir Group plc'ning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish masalasini tegishli davlat tashkilotlari bilan batafsil muhokama qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
The Weir Group plc xalqaro muhandislik kompaniyasi 1871 yilda tashkil etilgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Shotlandiyaning Glazgo shahrida joylashgan. U qazilma boyliklar, neft-gaz va energetika sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
Mazkur kompaniya 2022 yilda O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan va mamlakat tog‘-kon sanoatida bir qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Bundan tashqari, kompaniya 2024 yilda Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati bilan qo‘shma loyihani amalga oshirish maqsadida Britaniyaning Eksportni moliyalashtirish agentligidan 12,6 million yevro miqdoridagi kreditni jalb qildi.
15:34 / 18.12.2024
18:26 / 10.12.2024
11:35 / 09.12.2024
12:00 / 02.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment