qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 19:09 1449 2 daqiqa o‘qiladi 5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan ferma egasiga nisbatan jinoiy ish ochildiUdmurtiya respublikasi sobiq qishloq xo‘jaligi vazirining qizi Yelena Sobina sud hukmi bilan 24 fevralgacha uy qamog‘iga olindi. Yelena va korxona rahbariga nisbatan «yong‘in xavfsizligi talablarini buzish», «sovuqqonlik» va «noqonuniy migratsiyani tashkil qilish» kabi ayblovlar bilan jinoiy ish ochilgan. Ayblanuvchi tomoni 3 nafar marhumning yaqinlariga 500 ming rubldan kompensatsiya to‘lagan.
Foto: Naberejnechelni shahar sudi matbuot xizmati
24 dekabr kuni Malorechenskiy qishlog‘idagi fermada sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketgan edi. Shundan so‘ng fermasi egasi, Udmurtiya respublikasi sobiq qishloq xo‘jaligi vazirining qizi Yelena Sobina sud hukmi bilan 24 fevralgacha uy qamog‘iga olindi. Undan tashqari «Mir» korxonasi direktori Vladimir Chayka ham ushlangan.
Ularga nisbatan «xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish», «sovuqqonlik», «noqonuniy migratsiyani tashkil qilish» va «yong‘in xavfsizligi talablarini buzish» harakati bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Yelena aybini tan olmagan.
Yelenaning akasi yong‘inda vafot etgan ikki ishchining farzandlariga 500 ming rubldan kompensatsiya to‘laganini aytgan. U qolgan ishchilarga bank cheklovi tufayli pul o‘tkaza olmagan.
Eslatib o‘tamiz, 24 dekabr kuni Tataristondagi chorva fermasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgani xabar berilgan edi. Ëng‘in bo‘lgan binodan yana 33 kishi xavfsiz tashqariga chiqib olgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fojiada vafot etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilib, vatanga qaytarish masalasi hal qilinayotganini bildirgan edi.
20:36 / 24.12.2024
13:18 / 24.12.2024
21:23 / 21.12.2024
12:55 / 21.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment