qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
O‘zbekiston | 08:10 478 1 daqiqa o‘qiladi Bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar miqdori 1 tonnadan oshdiO‘zbekistonga yil boshidan buyon 1 tonnadan ortiq giyohvand moddalar olib kirilishi oldi olindi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi xabar berishicha, 2024 yilda bojxona organlari tomonidan 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari, 554 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 49 dona qurol, 3010 ta o‘q-dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.
9 mingga yaqin holatda 914 mlrd so‘mlik tovarlar, 35 mlrd so‘m ekvivalentidagi valuta qimmatliklari, 76 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 63 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.
Sohani raqamlashtirish hisobiga eksportda 91 foiz, importda esa 75 foiz deklaratsiyalar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Bunda 54 mingdan ortiq eksport va import deklaratsiyalarining rasmiylashtiruvi inson omilisiz amalga oshirildi.
Bojxona tartibotlarini soddalashtirish orqali 6 mingga yaqin eksportyor hamda 20 mingga yaqin importyorning ortiqcha sarf-xarajati va vaqti tejalishiga erishildi.
17:07 / 24.12.2024
08:15 / 23.12.2024
10:31 / 22.12.2024
19:33 / 05.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment