qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 22:17 593 2 daqiqa o‘qiladi Finlandiya bir haftada 280 ming harbiyni safarbar etishga tayyorFinlandiya mudofaa xarajatlarini oshirishni boshladi. Mamlakat prezidenti zarurat tug‘ilsa 280 ming harbiyni safarbarlikka jalb etishga tayyorligini bildirdi.
Foto: PA
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa bir hafta ichida 280 harbiyni safarbarlikka jalb etishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi Independent nashri.
Nashrga ko‘ra, Finlandiya mamlakat mudofaasiga ko‘proq mablag‘ ajratishni boshlagan. 2022 yildan beri Helsinki xarajatlari YaIMning 0,9 foiziga oshgan.
Bunga qadar Finlandiya mudofaa vaziri Antti Xyakkyanen hukumat mamlakatning keng ko‘lamli hujumlarga, bir necha yilga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan potensial urushlar va harbiy bosimlarga qarshi turish imkoniyatini mustahkamlashini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, finlar o‘z mudofaasini NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan hamkorlikda mustahkamlaydi.
10 dekabr kuni prezident Stubb finlar mamlakatning mudofaa xarajatlari oshishiga tayyor turishi kerakligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, hukumat o‘z manfaatlari yo‘lida shunday yo‘l tutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirlarida Finlandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Yevropa davlatlarini mudofaaga ko‘proq sarmoya kiritishga va Rossiyadan kelayotgan tahdidni tiyib turish choralariga chaqirgandi. «Men Putindan hamma narsani kutishga tayyorman», — degandi u.
12:10
14:30 / 20.12.2024
00:33 / 13.12.2024
21:12 / 12.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment