qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 20:48 28 2 daqiqa o‘qiladi Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdiKurdiston ishchilar partiyasi (KIP) va IShID Turkiyaning mavjudligiga tahdid solmoqda va mamlakat ularni tor-mor etish niyatida, dedi Erdo‘g‘an.
Foto: AFP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari bilan muloqot chog‘ida Suriyadagi kurd qurolli guruhlar yo qurollarini tashlaydi yoki «ko‘miladi» dedi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, Anqara «Suriyadagi terrorchilik tashkilotlarini», birinchi navbatda, IShID va Kurdiston ishchilar partiyasini (KIP) yo‘q qilishga qat’iy qaror qilgan. Bu ikkala guruh ham, Erdo‘g‘an so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Suriyaning omon qolishiga tahdid soladi.
«Bu separatist-jinoyatchilar yo qurollarini tashlaydi yoki qurollari bilan birga Suriya tuprog‘ida dafn etiladi. Biz bilan kurd birodarlarimiz orasiga qonli devor qurmoqchi bo‘lgan terror tashkilotini yo‘q qilamiz», dedi u.
Turkiya AQSh bilan ittifoqdosh Suriya demokratik kuchlarining (SDF) asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kurd Xalq mudofaasi bo‘linmalarini (YPG) mamlakatga qarshi isyon olib borayotgan Kurdiston ishchilar partiyasining bir bo‘lagi deb biladi.
«Na Suriya xalqi, na yangi ma’muriyat, na biz KIP/YPG terror tashkilotining yakka o‘zi harakat qilishiga va o‘zi uchun sharoit yaratishiga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi Turkiya mudofaa vaziri Yoshar Guler. U YPG guruhining yo‘q qilinishini Turkiya hukumatining ustuvor vazifasi deb atadi.
Bashar Asad ketganidan beri Anqara Suriya kelajagida YPG guruhiga o‘rin yo‘qligini ta’kidlab, uni tarqatib yuborishni talab qilib kelmoqda. KIP – Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb topilgan.
19:47
12:10
21:05 / 24.12.2024
17:38 / 24.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment