menu
OAV: 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 mingdan ziyod rossiyalik harbiy halok bo‘ldi.
Halok bo‘lganlar soni bo‘yicha Boshqirdiston va Tatariston birinchi o‘rinda. 2024 yil davomida ushbu respublikalarning qariyb 2 ming fuqarosi urushda halok bo‘lgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 23:32 / 20.12.2024 224 2 daqiqa o‘qiladi OAV: 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 mingdan ziyod rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar soni bo‘yicha Boshqirdiston va Tatariston birinchi o‘rinda. 2024 yil davomida ushbu respublikalarning qariyb 2 ming fuqarosi urushda halok bo‘lgan.

Foto: Fokus

«Mediazona» jurnalistlari BBC rus xizmati va volontyorlar jamoasi bilan ochiq manbalar asosida 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 ming 364 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, 2024 yil Rossiya armiyasi uchun Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush davridagi eng qonli yilga aylanishi mumkin. Jurnalistlar 2022 yilda — 18 ming 983 kishi, 2023 yilda esa 33 ming 550 kishi urushda halok bo‘lganini tasdiqlashga erishgan. Yana 11 ming 860 nafar rossiyalik harbiy qaysi sanada vafot etgani noma’lum.

«Nekrologlarning rekord darajada katta oqimi sabab volontyorlar kelib tushayotgan ma’lumotlarni qayta ishlashga ulgurmayapti», — deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, 2024 yilda ko‘ngillilar orasida yo‘qotishlar soni birinchi o‘ringa chiqqan. 2022 yilda birinchi o‘rinni Havo-desant qo‘shinlari harbiylari, 2023 yil esa mahbuslar band etgandi. Sentyabr oyida jurnalistlar ilk bor keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri ko‘ngillilarning halok bo‘lishiga bog‘liq holat urushning boshqa ishtirokchilariga, xususan, mahbuslar yoki safarbarlikka jalb etilganlarga nisbatan oshib ketganini ma’lum qilgan edi.

Joriy yilda, shuningdek, yo‘qotishlar geografiyasi ham o‘zgargan. Birinchi o‘ringa Boshqirdiston va Tatariston chiqqan — 2024 yil davomida ushbu respublikalarning qariyb 2 ming fuqarosi urushda halok bo‘lgan.

Jurnalistlar 2022 yil 24 yanvardan beri jami 84 ming 761 nafar rossiyalik harbiyning o‘limini tasdiqlashga erishgan.

«Mediazona» va BBC rus xizmati volontyorlar jamoasi bilan OAV, davlat hokimiyat organlari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar orqali halok bo‘lgan rossiyaliklarning hisobini yuritib keladi. Rossiya hukumati urushdagi yo‘qotishlar haqida oxirgi marta 2022 yil sentabrda ma’lumot bergan. O‘shanda RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu 5937 kishi halok bo‘lganini aytgandi.

2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.

18:00 / 20.12.2024

17:48 / 20.12.2024

16:05 / 20.12.2024

15:11 / 20.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!