qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 20:38 1369 2 daqiqa o‘qiladi Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdiUning so‘zlariga ko‘ra, Suriya bilan chegarada xavfsizlikni ta’minlash Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan yangi jangchilar yollanishining oldini olishga ham yordam beradi.
Foto: AP/ Francisco Seco
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya kurd guruhlarida ko‘rayotgan tahdidni bartaraf etish uchun Anqara Suriya shimolidagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Times of Israel prezidentning bir guruh jurnalistlar oldidagi nutqi yozuviga tayanib xabar berdi.
«Biz Suriyada faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarini zararsizlantirish vaqti kelganini ko‘rsatamiz. Buni chegaralarimiz janubidan kelayotgan tahdidlarning oldini olish uchun qilamiz. Terrorchi tashkilotlar uchun yo‘lning oxiri yaqin. Mintaqaning kelajagida terrorchilarga joy yo‘q. Terror tashkiloti KIP va uning bo‘linmalarining amal qilish muddati tugadi», dedi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya bilan chegarada xavfsizlikni ta’minlash Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tomonidan yangi jangchilar yollanishining oldini olishga ham yordam beradi.
KIP Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqida terrorchi tashkilot sifatida tan olingan.
8 dekabr kuni prezident Bashar Asad Suriyani tark etdi va hokimiyat qurolli muxolifat qo‘liga o‘tdi.
17:42
16:03
21:32 / 19.12.2024
20:46 / 19.12.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment