menu
SpaceX raketasi Janubiy Koreyaning razvedka apparatini orbitaga uchirdi.
Amerikaning Falcon 9 tashuvchi raketasi kichik o‘lchamdagi 30 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi. Ular orasi Janubiy Koreyaga tegishli razvedka apparati ham bor.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:22 218 2 daqiqa o‘qiladi SpaceX raketasi Janubiy Koreyaning razvedka apparatini orbitaga uchirdi

Amerikaning Falcon 9 tashuvchi raketasi kichik o‘lchamdagi 30 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi. Ular orasi Janubiy Koreyaga tegishli razvedka apparati ham bor.

Foto: SpaceX

Amerikaning Falcon 9 tashuvchi raketasi orbitaga 30 ta mikro sun’iy yo‘ldoshni, jumladan, Janubiy Koreya harbiy apparatini orbitaga uchirdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, raketa Kaliforniyadagi Vanderberg kosmik kuchlari bazasidagi SLC-4E start maydonchasidan uchirilgan.

Bandwagon-2 missiyasi doirasida 29 ta tijoriy, shuningdek, 30-50 sm aniqlikdagi tasvirlarga olishga qodir Janubiy Koreya hukumatining optik-elektron razvedka apparatini orbitaga olib chiqqan.

Og‘irligi 50 kilogrammgacha bo‘lgan kichik o‘lchamdagi har bir sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqishga 300 ming dollar sarflangan.

21 marta foydalanilgan tashuvchi raketaning birinchi ko‘p martalik pog‘onasi Vanderberg bazasidagi maydonchaga boshqariluvchan vertikal qo‘nishni amalga oshirgan.

Avvalroq Falcon 9 raketasi AQSh Harbiy-havo kuchlarining uchinchi avlod GPS III global sun’iy yo‘ldosh tizimini orbitaga olib chiqqandi. Undan oldin esa Falcon 9 raketa tashuvchisi Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi.

19:53 / 18.12.2024

22:21 / 17.12.2024

22:00 / 13.12.2024

23:14 / 12.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!