qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 00:47 321 2 daqiqa o‘qiladi Meksikada har bir xodim ish joyida stulga ega bo‘lishini kafolatlovchi qonun qabul qilindiMeksikada qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ish beruvchilar endi xodimlar o‘tirishi uchun ish joylarini stullar bilan jihozlashi shart. Aks holda ular 13 ming yevrogacha jarimaga tortiladi.
Foto: Bild
Meksikada savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodimlarga ish joyida o‘tirish huquqini beruvchi yangi qonun qabul qilindi, deb xabar beradi Bild.
Qayd etilishicha, endi kassirlar, sotuvchilar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa xodimlar suyanish mumkin bo‘lgan stuldan foydalanishi yoki smena vaqtida muntazam tanaffusga chiqishi mumkin.
Qonun ish beruvchiga olti oy muddatda ish zonalarini stullar bilan jihozlash majburiyatini yuklaydi. Agar ish turi xodimga o‘tirish imkonini bermasa, kompaniyalar ish jadvaliga majburiy tanaffuslarni kiritishi kerak.
Mazkur talabni buzganlar 13 ming yevrogacha jarimaga tortiladi, qonunbuzarlik qayta takrorlansa, inspeksiya tomonidan qo‘shimcha nazorat o‘tkaziladi.
Yangi qonunni ilgari surgan deputatlardan biri Patrisiya Merkadoning ta’kidlashicha, «hech kim butun ish kuni davomida tik oyoqda turmasligi kerak». Statistikaga ko‘ra, meksikalik ishchilarining deyarli yarmi o‘z smenalarini tik oyoqda o‘tkazadi, ayrimlarida esa tanaffus olish imkoniyati ham yo‘q.
17:50 / 20.12.2024
22:26 / 10.12.2024
20:40 / 02.12.2024
00:30 / 13.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment