menu
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida ijtimoiy soha obektlarining isitish tizimida bajarilmagan ishlar qo‘shib yozilib, qariyb 1 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 22:36 / 20.12.2024 517 2 daqiqa o‘qiladi Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida ijtimoiy soha obektlarining isitish tizimida bajarilmagan ishlar qo‘shib yozilib, qariyb 1 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Kun.uz

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida isitish tizimini ta’mirlashda 934,4 million so‘mni o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda «S-TH.» MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha obektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozgani aniqlangan.

Ular jami 934,4 million so‘m budjet mablag‘larini hamda ushbu ijtimoiy soha obektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namanganda aholiga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 13 tonna ko‘mir talon-toroj qilingani, Surxondaryoda esa tegishli hujjatlari bo‘lmagan 100 tonna ko‘mirni 100 million so‘mga sotgan fuqaro ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

19:59 / 17.12.2024

11:52 / 15.12.2024

16:27 / 11.12.2024

08:00 / 05.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!