qarashlar
Qoʻshimcha funksionallar
Jahon | 20:40 471 2 daqiqa o‘qiladi Shimoliy Koreya hakerlari joriy yilda 1,3 mlrd dollarlik kriptovaluta o‘g‘irladi2024 yilda hakerlar onlayn platformalar va blokcheyn loyihalarni buzib kirish orqali 2,2 milliard dollarlik kriptovalutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘g‘irlangan mablag‘larning asosiy qismi KXDR hakerlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: AFP
2024 yilda hakerlar onlayn platformalar va blokcheyn loyihalarni buzib kirish orqali 2,2 milliard dollarlik kriptovalutalarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Chainalysis tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga keltirilgan.
Qayd etilishicha, o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilga nisbatan 21 foizga oshgan. Shu bilan birga, ular 2022 yilgi rekord ko‘rsatkichdan sezilarli darajada kam — o‘shanda hakkerlar 3,7 milliard dollarlik kriptovalutalarni o‘g‘irlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir yil ichida bu turdagi yirik o‘g‘irliklar soni 2023 yil bilan taqqoslaganda 7,4 foizga oshib, 303 tani tashkil etgan.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, hakerlar tomonidan birinchi yarim yillikda o‘g‘irlangan mablag‘lar miqdori qariyb ikki barobarga (84 foizga) oshib, 1,6 milliard dollarga yetgan. Ammo ikkinchi yarim yillikda o‘g‘irlangan mablag‘lar soni sezilarli darajada kamaygan.
Chainalysis Shimoliy Koreya hakerlarining faolligi oshganini qayd etmoqda: tahliliy kompaniyaning baholashicha, ular 47 ta hujum natijasida 1,3 milliard dollar o‘g‘irlagan (102 foizli o‘sish). Yil davomida o‘g‘irlangan barcha kriptovalutalarning 61 foizi aynan ushbu mamlakat hakerlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Noyabr oxirlarida hakerlar Uganda Markaziy bankidan 16,8 million dollar o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lgandi. Janubi-sharqiy Osiyodan bo‘lgan hakerlar guruhi qo‘lga kiritilgan mablag‘larning bir qismini Yaponiyaga o‘tkazgan.
23:50 / 29.11.2024
18:22 / 28.11.2024
22:52 / 25.11.2024
16:48 / 24.11.2024
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.
Comments
0 comment