menu
Yaponiya kompaniyasi noyob ichimlik - kosmik sakeni tayyorlash niyatida.
Yaponiyaning Asahi Shuzo kompaniyasi dunyodagi eng qimmat ichimlikka aylanadigan kosmik sakeni tayyorlaydi. Bu orqali olimlar orbitada fermentatsiya jarayoni qay tarzda kechishini o‘rganishni ham niyat qilgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 20:30 514 2 daqiqa o‘qiladi Yaponiya kompaniyasi noyob ichimlik - kosmik sakeni tayyorlash niyatida

Yaponiyaning Asahi Shuzo kompaniyasi dunyodagi eng qimmat ichimlikka aylanadigan kosmik sakeni tayyorlaydi. Bu orqali olimlar orbitada fermentatsiya jarayoni qay tarzda kechishini o‘rganishni ham niyat qilgan.

Foto: Noriko Hayashi/Bloomberg/Getty Images

Yaponiyaning Asahi Shuzo kompaniyasi noyob alkogol ichimlik — kosmik sakeni tayyorlash niyatida. Bu orqali olimlar orbitada fermentatsiya jarayonini o‘rganishni ham maqsad qilgan, deb xabar beradi CNN.

Mazkur ichimlikni tayyorlashda kerak bo‘ladigan mahsulotlar Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) yuboriladi, u yerda ichimlik mikrogravitatsiya sharoitida fermentatsiya jarayonidan o‘tadi. Loyiha Yaponiyaning aerokosmik tadqiqotlar agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Asahi Shuzo XKSda allaqachon «Kibo» modulidan foydalanish uchun to‘lovni amalga oshirgan, olimlar u orqali mikrogravitatsiyaning o‘ziga xos sharoitini nazorat qila oladi. Aynan shu omil fermentatsiyaning dastlabki jarayonini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

An’anaviy sakeni tayyorlash uchun odatda ikki oy vaqt ketadi va u bir nechta bosqichda amalga oshiriladi: guruchni bug‘lash, suv, xamirturush va maxsus kodzi zamburug‘ini qo‘shish.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, loyiha shunchaki marketing yo‘li bo‘libgina qolmay, yangi texnologiyalar va kosmosda fermentatsiya jarayoni qanday kechishini tushunishga qaratilgan harakatdir.

Loyiha amalga oshsa, jami 100 millilitrga teng yagona shisha idishdagi kosmik sake sotuvga chiqariladi. Uning narxi taxminan 100 million iyenani (653 ming dollar) tashkil etib, dunyodagi eng qimmat ichimlikka aylanadi.

22:03 / 18.12.2024

19:53 / 18.12.2024

22:42 / 16.12.2024

01:41 / 14.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!