qarashlar
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaliklari aniqlangan.
Jumladan, “A.S.” va “I.Y.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari “M.B.” xususiy korxonasi rahbari R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu fermer xo‘jaliklari yerlariga haqiqatda o‘rnatilmagan 14 629 dona shpalerlar uchun jami 219,3 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishib, pullarni “M.B.” xususiy korxonasi orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Comments
0 comment