qarashlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan chiqindixonalarning birida “pirojkixona” tashkil qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Sanepidqo‘mita matbuot xizmatining munosabatida yozilishicha, Yunusobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolardan biri tomonidan chiqindixona oldida noqonuniy tarzda mahsulot sotilayotgan obekt tashkil qilingan bo‘lib, u pirojkilarni ushbu obektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida mahsulotni saqlash, uni sotish uchun sanitariya talablariga mos ravishda joy tayyorlanmagani va ushbu hududda bu kabi savdoni amalga oshirish uchun hech qanday ruxsatnoma (tegishli hujjat) yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Fuqarodan chiqindixona oldida noqonuniy tarzda tashkil qilingan ushbu obektda oziq-ovqat sotmaslik, savdoni to‘xtatish va noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan oldirib tashlash bo‘yicha tushuntirish xati olingan.
Shundan so‘ng tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu noqonuniy qurilma buzdirilib, mahsulot savdosi to‘xtatilgan.
Comments
0 comment