menu
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun borgan ayolning jasadi yerto‘laga ko‘mib ketilgan safar sumkasi ichidan topildi. Uni o‘z tanishi - 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirgani aytilmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 23:25 / 22.12.2024 372 2 daqiqa o‘qiladi Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Foto: RF Tergov qo‘mitasi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi, deb xabar beradi 78.ru.

Ma’lum qilinishicha, 21 dekabr kuni Olga Berggols ko‘chasidagi turar-joy binosi yerto‘lasidan ichida ayol kishining jasadi bo‘lgan sumka topilgan. Sodir etilgan qotillik haqida politsiyaga jinoyatni amalga oshirgan shaxs xabar bergan.

«Birinchi bo‘lib vahimani o‘ldirilgan ayolning ukasi ko‘targan. U O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga 31 yoshli opasi aloqaga chiqmay qo‘ygani to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. Ayol 8 noyabr kuni Peterburgga ishlash uchun tanishi — 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosining yoniga kelgan. U mamlakatda qonuniy — patent bo‘yicha ishlagan», — deyiladi xabarda.

10 dekabr kuni erkak vataniga qaytgan. Keyinroq tezkor xodimlarning aniqlashicha, u qotillikni sodir etganidan so‘ng Rossiyadan chiqib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 9 dekabr kuni soat 19:00 larda sodir bo‘lgan. O‘zaro yuz bergan janjalda erkak ayolni yostiq bilan bosib o‘ldirgan. Shundan keyin qotil jasadni safar sumasiga joylashtirib, uyning yerto‘lasiga olib tushgan.

Tergovchilarning aytishicha, erkakning o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, qotillik haqida xabar bergan. U ayolning jasadi qayerda qoldirilgani haqidagi aniq manzilni aytgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

00:36 / 22.12.2024

14:20 / 21.12.2024

11:41 / 21.12.2024

23:49 / 20.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!