menu
Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi.
AQSh prezidenti Tayvanga harbiy yordam yetkazish bo‘yicha buyruq berdi. Yordam ko‘rsatish vakolati davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirildi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 20:35 614 2 daqiqa o‘qiladi Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi

AQSh prezidenti Tayvanga harbiy yordam yetkazish bo‘yicha buyruq berdi. Yordam ko‘rsatish vakolati davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirildi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Tayvanga 571 million dollarlik harbiy yordam yetkazish bo‘yicha buyruq berdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, yordam ko‘rsatish vakolati AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenga topshirilgan. Tayvanni qo‘llab-quvvatlash doirasida AQSh Mudofaa vazirligining «harbiy tayyorgarlik va o‘qitish» kabi xizmatlari ham taqdim etiladi.

Oktyabr oyida AQSh Tayvanga 2 milliard dollarlik qurollanish paketini yetkazishi mumkinligini e’lon qilgandi. Vashington Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqa o‘rnatmagan, ammo qonunga muvofiq, orolga o‘zini o‘zi mudofaa qilishi uchun himoya vositalarini yetkazib berishga majbur. Noyabr oxirlarida esa AQSh Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlar va radiolokatsion tizimlar yetkazib berishi ma’lum bo‘ldi.

Dekabr boshlarida XXR harbiy sanoatga bog‘liq 13 Amerika kompaniyasi, shuningdek, olti nafar top-menejerga qarshi sanksiyalar joriy etilgandi va Pekin buni Tayvanga qurol sotilayotgani bilan izohlagan.

8 dekabr kuni kechqurun Xitoy Tayvan yaqinidagi kemalari sonini deyarli ikki barobarga oshirdi, 9 dekabr kuni esa Tayvan bo‘g‘ozi bilan chegaradosh Futszyan va Chjetszyan provinsiyalaridan sharqda joylashgan yettita havo hududida harakatlanishni chekladi. Bunga javoban Tayvan armiyasi bo‘linmalari Xitoyning orol yaqinidagi faolligi tufayli jangovar shay holatga keltirildi.

Xitoy Tayvanni o‘zining ajralib chiqqan provinsiyasi sifatida ko‘radi, ammo orol o‘zini alohida davlat deb hisoblaydi va o‘z hukumati hamda qurolli kuchlariga ega. Orol hukumati 1949 yilda fuqarolar urushi tugaganidan keyin materik Xitoydan mustaqilligini e’lon qilgan, ammo Tayvanni faqat Palau, Tuvalu va Beliz kabi o‘nga yaqin mamlakat suveren davlat sifatida tan olgan.

19:29 / 20.12.2024

23:04 / 13.12.2024

15:12 / 13.12.2024

18:03 / 12.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!