menu
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi.
Ayoldan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jamiyat | 11:37 276 1 daqiqa o‘qiladi O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi

Ayoldan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi

O‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Gulruxxon Akmaljon qizi Erkinova O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 26 yoshli ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Konsullik ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishni so‘radi.

“Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, deyiladi konsullik xabarida.

20:38 / 20.12.2024

17:42 / 20.12.2024

23:08 / 17.12.2024

11:33 / 10.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!