menu
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi.
Xitoyda uzunligi 3 ming metrdan, diametri esa 17 metrdan oshadigan dunyodagi eng katta suvosti tunnelini qurish ishlari yakuniga yetdi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 21:44 318 2 daqiqa o‘qiladi Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi

Xitoyda uzunligi 3 ming metrdan, diametri esa 17 metrdan oshadigan dunyodagi eng katta suvosti tunnelini qurish ishlari yakuniga yetdi.

Foto: China 14th Bureau Group

Xitoylik mutaxassislar dunyodagi eng katta suvosti Tszinan-Xuangan tunneli qurilishini yakunladi. New Atlas’ning yozishicha, 3290 metrli tunnel Xuanxe daryosi ostidan, 30 metrli chuqurlikda o‘tgan.

Qayd etilishicha, suvosti tunneli uzunligi 5755 metrga teng Xuangan-Roud-Kross-Xuan magistralining tarkibiga kiradi. Tunneldan o‘tadigan olti polosali yangi shosse orqali turli transport vositalari soatiga 60 kilometrgacha tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Tunnel diametri 17 metrni tashkil etadi — bu uning Buyuk Britaniya va Fransiyani bog‘lab turuvchi La-Mansh ostidan o‘tgan mashhur Yevrotunneldan ham kattaligini anglatadi (uning diametri 7,6 metrga teng).

Xitoy tunnelining qurilishida dunyodagi eng katta «Shanxe» burg‘ilovchi mashinasidan foydalanilgan — uning balandligi besh qavatli uyniki bilan teng. Mashina 7510 ot kuchiga ega, aylanuvchi momenti esa 35 ming kilonyuton-metrni tashkil etadi.

Qurilish davomida maxsus avtomatik havo yostiqchalari tizimidan foydalanilgan bo‘lib, u bosimni barqarorlashtirishga, konstruksiyani ushlab turish va suv bosish ehtimolining oldini olishga yordam bergan.

Tunnel bir vaqtning o‘zida ikkita rekord o‘rnatdi: birinchisi — diametri bo‘yicha, ikkinchisi — qurilish vaqti bo‘yicha. Bu qadar katta loyiha 110 kun ichida yakunlandi.

17:13 / 20.12.2024

12:46 / 20.12.2024

19:37 / 19.12.2024

18:35 / 19.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!