menu
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi.
Gumonlanuvchi 2005-2007 yillarda Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Sherigi qo‘lga olinganidan keyin u mamlakatdan qochib ketgan.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

Jahon | 23:10 / 23.12.2024 917 2 daqiqa o‘qiladi Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi

Gumonlanuvchi 2005-2007 yillarda Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Sherigi qo‘lga olinganidan keyin u mamlakatdan qochib ketgan.

Foto: Videodan kadr

Qozog‘iston juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini Rossiyadan ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 2005 yildan 2007 yilgacha Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Uning harakatlari natijasida 80 dan ziyodan inson jabr ko‘rgan va yetkazilgan zarar miqdori 3,7 milliard tengedan (7 million dollar) oshgan.

Gumonlanuvchining sheriklaridan biri sudlangan, o‘zbekistonlik ayol esa jinoyatni sodir etganidan keyin yashiringan, shu bois u xalqaro qidiruvga berilgan.

Rossiya huquq-tartibot idoralari 2023 yil oxirida Krasnodar viloyatida ushbu fuqaroni qo‘lga olgan va Qozog‘iston Bosh prokuraturasining so‘roviga muvofiq ayolni ekstraditsiya qilishga kirishgan.

Ayni vaqtda gumonlanuvchi tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, u qilgan jinoyati isbotlansa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mol-molki musodara qilinishi mumkin.

17:57 / 23.12.2024

20:04 / 21.12.2024

15:00 / 18.12.2024

16:30 / 13.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!