menu
Qamoqqa olingan shaxs uchun majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin.
Shu mazmundagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Bu chora qiynoqlarning oldini olishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 17:14 292 2 daqiqa o‘qiladi Qamoqqa olingan shaxs uchun majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin

Shu mazmundagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Bu chora qiynoqlarning oldini olishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images

23 dekabr kuni Oliy Majlis Qonununchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida «Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin unda qiynoqqa solish yoki boshqa holatlar oqibatida olingan jarohatlarni, shikastlanishlarni va yaralarni aniqlash maqsadida tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilanmoqda. Bu jarayonda advokatning ishtiroki ta’minlanadi va ko‘rik zamonaviy apparatlar yordamida olib boriladi.

Yig‘ilishda qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga keltirilgandan boshlab qancha muddatda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi haqida yakdil fikr bildirilmadi. Bu mutaxassislardan taklif olingan holda, keyingi yig‘ilishda muhokama qilinadigan bo‘ldi.

Qayd etilishcha, rasmiylashtirilgan tibbiy xulosaning birinchi nusxasi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxsga ko‘rsatilib, yig‘majildiga tikilishi, ikkinchi nusxasi shaxsni qamoqqa keltirgan xodimlarga berilishi belgilanmoqda.

Agar qamoqqa olingan shaxsning tanasida jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olingan shaxsga ma’lum qilinishi va zudlik bilan prokurorga xabar berilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, fraksiya a’zolari tomonidan qonun loyihasi konseptual jihatdan ma’qullangan.

10:54 / 06.12.2024

16:01 / 28.10.2024

18:23 / 26.08.2024

10:59 / 21.08.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!