menu
O‘zbekiston Pokistonning "Gvadar" portidan foydalanish imkoniyatini o‘rganyapti .
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Balujiston viloyati markazi – Kvetta shahri savdo-sanoat palatasi rahbari Ayub Mariani bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Qoʻshimcha funksionallar

  • Tungi ko‘rinish

O‘zbekiston | 15:02 339 1 daqiqa o‘qiladi O‘zbekiston Pokistonning "Gvadar" portidan foydalanish imkoniyatini o‘rganyapti 

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Balujiston viloyati markazi – Kvetta shahri savdo-sanoat palatasi rahbari Ayub Mariani bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida Pokistonning Balujiston viloyati bilan O‘zbekiston hududlari o‘rtasida o‘zaro savdo hajmlarini oshirish, qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish, yetakchi sohalarda o‘zaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Tomonlar 2024 yilni sarhisob qilib, kelgusi yilda tovar aylanmasini oshirish mexanizmlari, jumladan bir-biriga yetkazib berayotgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish shartlarini kelishib oldilar.

Onlayn uchrashuv davomida, shuningdek, "Gvadar" porti imkoniyatlaridan foydalanish hamda sayyohlik, xususan ziyorat turizmi sohasidagi aloqalarni jadal rivojlantirish hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

2025 yil yanvar oyida Islomobodda uchrashish, O‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan onlayn muzokaralar o‘tkazish tomonlarning ish jadvaliga kiritildi.

11:16

00:15 / 22.12.2024

14:56 / 19.12.2024

13:48 / 18.12.2024

  • “KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili: 100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
    Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz tahririyati nuqtayi nazarini ifoda etmasligi mumkin.
    Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon qilinganligini bildiradi.

    Comments

    http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

    0 comment

    Write the first comment for this!