Yangiliklar
Albaniya Italiya o‘rniga muhojirlarni qabul qilishga rozi bo‘ldi.
Albaniya parlamenti Rim bilan migratsiya shartnomasini tasdiqladi. Unda Tirana yiliga 36 minggacha muhojirni qabul qilishi ko‘zda tutilgan. Protokol besh yil muddatga imzolandi. Muxolifat majlisni boykot qildi.
Nova-C xususiy qo‘nish moduli Oy yuzasiga yetib bordi.
Amerikaning Intuitive Machines kompaniyasi modulining qo‘nishi rejalashtirilganidek - uchirilganidan bir hafta o‘tgach sodir bo‘ldi. Bu 50 yildan ko‘proq vaqt oldin «Apollon» dasturi tugaganidan keyin AQShning Oyga birinchi qo‘nishidir.
Armaniston KXShTga a’zoligini to‘xtatyapti.
Armaniston bosh vaziri Yerevanning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidagi a’zoligi muzlatilganini ma’lum qildi. Tashkilot Armanistonga nisbatan o‘z vazifalarini bajarmagan, deb hisoblaydi Nikol Pashinyan.
FTB sobiq axborotchisi Rossiyadan Baydenlarga nisbatan kompromat olgan.
Aleksandr Smirnov prezident Jo Bayden va uning o‘g‘li haqida Rossiya maxsus xizmatlaridan olingan yolg‘on ma’lumotlarni yetkazgan, deb xabar berdi CNN.
Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qoldirilgan uch nafar tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan jonsiz holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.
Bino va inshootlarni energiya auditidan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
“Bino-inshootlarning energiya auditidan o‘tkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Namanganda ichimlik va oqova suv tariflari oshiriladi.
Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.
Sobiq MXX binosi o‘rnida qiymati 100 mln dollar bo‘lgan mehmonxona quriladi.
Doniyor Kamilovning Metropol Group kompaniyasi sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining binosi o‘rnida quriladigan mehmonxonaga 100 mln dollar investitsiya kiritadi. Mehmonxonaning foydalanishga topshirilishi 2026 yilga mo‘ljal qilingan.
Bankomatlardan pul yechishdagi komissiya miqdori 1 foizdan 1,5 foizga oshgani haqidagi xabarlar rad etildi.
Sanoatqurilishbankka tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori 1,5 foizgacha oshirilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bank axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Ukraina Xerson oblastida ham ruslar poligoniga HIMARS bilan zarba berdi.
Bu safargi zarba oqibatida ham kamida 60 harbiy halok bo‘lgan.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 32 yil bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni podshohligi birinchilar qatorida O‘zbekiston mustaqilligini e’tirof etgan.
Qozog‘iston aviakompaniyasi Turkiston-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi .
Parvozlar haftasiga 2 marta (juma, yakshanba) Bombardier DHC 8-Q400 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Rossiyadan gaz olish hajmini to‘rt baravar oshiradi – OAV .
Ta’minotni oshirish shimoliy magistral gaz quvurlari tizimini modernizatsiya qilish hisobiga rejalashtirilgan, buning uchun 500 million dollar yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘rinni egalladi .
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Berbok RFni Ukrainadagi urushni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri hamkasbi Lavrovga Braziliyada bo‘lib o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida murojaat qildi. U, shuningdek, G‘azo sektorida gumanitar pauza qilishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda qo‘shma loyihani amalga oshirmoqchi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari onlayn muzokaralar chog‘ida bo‘lajak siyosiy muloqotlar jadvalini muhokama qildi.