Yangiliklar
Putin Kim Chen Inga limuzin sovg‘a qildi.
BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalari KXDRga hashamatli buyumlar, jumladan, qimmatbaho avtomobillar olib kirishni taqiqlaydi. Rossiya OAV Aurus Senat limuzinining narxi 400 ming dollardan ortiq ekanini yozmoqda.
Rossiyadan qaytarilgan bolalar va Avdiyivkadan chiqqan askarlar. Urush suratlari.
Ukrainada urushning 727-kuni o‘tdi.
Toshkentda ikkita firma uy qurib berish aldovi bilan fuqarolarni qariyb 27 mlrd so‘mga chuv tushirdi.
Firmalar egasi go‘yoki 1,2 va 2 sotixli turar joylar qurib sotishni aytib, odamlardan boshlang‘ich to‘lov sifatida 125 mln so‘mdan pul yig‘ib olgan. So‘ngra chet elda ro‘yxatdan o‘tgan valuta birjasida o‘zi va onasi nomiga hisobraqamlar ochib, 1,4 mln AQS...
Urushlar muhokamasi va Guterrishning jonli nutqi – Myunxen konferensiyasi qanday o‘tdi?.
Myunxendagi 60-xavfsizlik konferensiyasi global hamjamiyatda o‘zaro ishonchsizlik kuchaygan fonda o‘tdi. Unda Rossiya-Ukraina urushi va G‘azodagi qirg‘inbarot asosiy mavzular bo‘ldi.
Toshkentga olib kelinayotgan 3 tonna xavfli tovuq go‘shti Navoiyda to‘xtatib qolindi.
Sotish uchun Buxorodan poytaxtga olib kelinayotgan tovuq go‘shti laboratoriyada tekshirib ko‘rilganida, iste’molga yaroqsiz ekani aniqlangan.
«RFning gibrid operatsiyasi»: Estoniyada 10 kishi qo‘lga olindi.
Estoniya tergov organlari fikricha, Ichki ishlar vazirligi rahbari va bir jurnalistning mashinalari oynalarini sindirganlar Rossiya maxsus xizmatlari topshirig‘i bilan ish tutgan. Mazkur holat yuzasidan 10 kishi ushlandi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21 fevral kuni “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.
O‘zbekistonda logistika sohasini rivojlantirishga Qatar kompaniyasi jalb qilinadi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Qatarning Al Mirqab Capital kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Sud jurnalist Evan Gershkovichni hibsda qoldirdi.
Moskva shahar sudi Gershkovichning hibsga olish muddatini uzaytirish haqidagi Lefortovo tuman sudi qarori ustidan shikoyatini rad etdi.
2023 yilda “O‘zbekinvest” O‘zbekiston noxomashyo eksportining 36 foizini sug‘urta qoplamasi bilan ta’minladi.
2023 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi milliy mahsulot, ish va xizmatlar eksportchilari uchun sug‘urta qoplamasini oshirdi va shu bilan ishonchli sug‘urtachi va hamkor sifatidagi obro‘sini tasdiqladi.
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishtirokchilarini tanlab olish tartibi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Gurjiston RFga qarshi sanksiyalar joriy etish niyatida emas.
Gurjistonning yangi bosh vaziri Bryusselga birinchi tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomiga qaramay, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan hozirgi yo‘nalishni davom ettirishini ma’lum qildi. Bryussel Tbilisidan tashqi siyosiy kurslar yaqinlashishi...
22 fevral kuni O‘zbekistonda harorat 12 darajagacha ko‘tariladi.
«O‘zgidromet» 22 fevral, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi.
O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Pokiston Bosh vazirining maxsus vakili muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.
DXX qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan narkotik moddalarni to‘xtatib qoldi.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘shni davlatlardan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.
Saylovlar, zaharlanish va qamalish. Navalniyning hayoti suratlarda.
Uning siyosatdagi umrini ifodalovchi 50 fotosurat.