qarashlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Sanoatqurilishbankka tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori 1,5 foizgacha oshirilgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.
Bank axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mahalliy (Uzcard, Humo) kartalardan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro to‘lov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.
“Ushbu tariflar O‘zsanoatqurilishbankning 2023 yil 26 avgustdagi boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Aksincha, hozirgi paytda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning o‘z protsessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul yechish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, tijorat banklari pulni naqdlashtirishdagi komissiya miqdorini bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilaydi va bugungi kunda 1 foizdan oshmaydi.
Comments
0 comment